Temir yo’l izi fanidan mustaqil ish mavzulari


Relslarning geometrik parametrlari


Download 430.5 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi430.5 Kb.
#1327291
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish TYI1.

2. Relslarning geometrik parametrlari
Relslarning profili va o‘lchamlari harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari bilan
birgalikda ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Relslarning asosiy tavsiflari 2.1–jadvalda
keltirilgan. Rels kallagidagi g‘ildirash yuzasi g‘ildiraklardan tushadigan yuk eng
maqbul darajada uzatilishi uchun qavariq qilib yasaladi. R65, R75 va R50 tipdagi
relslar kallagining o‘rta qismini radiusi 500 mm, ikki chetining radiusi 80 mm, yon
tomon qirralari bilan tutashish joyi radiusi 15 mm ga teng (yangi g‘ildiraklar
o‘rkachlari egriligining radiusiga yaqin) (rasm 2.1).
Kallak bo‘yincha orqali yuklanishni harakatlanuvchi tarkib g‘ildiragidan rels
tagiga va undan asosiga uzatadi va rels kallagi hamda tagidan bo‘yinchasiga o‘tish
joyi ayniqsa ravon, bo‘yinchasi esa egri chiziqli qilib yasaladi.
Rels bosh qismining bunday shakli bo‘yinchani kallak va rels tagiga o‘tish joyida mahalliy zo‘riqishlar konsentratsiyasini kamaytirishga imkon beradi, hamda relslarni ishlab chiqish jarayonida ularni bir maromda sovishini ta’minlaydi. Rels tagining kengligi uning yonlama turg‘unligini ta’minlashi kerak. R65K relsi keskin egriliklarda yonlama yeyilish jadalligini kamaytirish maqsadida yotqiziladi. Kallagining g‘ildirash yuzasi kichik radiusli korob egriligi ko‘rinishida bo‘lib, yon qirralarining yuqori qismi R65 relsni profiliga nisbatan 1:10 o‘rniga 3.5:10 nishablikka ega (rasm 1).



R50

R65 R65K R75

Rasm 1.R65 va R65K tipdagi relsalar









Rels tipi




Download 430.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling