Temir yo’l izi fanidan mustaqil ish mavzulari
Mustaqil ish TYI1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63.93 2 Uzunligi 1m li rels massasi,kg
- Relslarning standart uzunligi
- Relslar uchun materiallar
Ko’rsatkichlar
|
R75 |
R65 | ||
R50 | ||||
1 |
Ko‘ndalang kesim maydoni, sm2 |
95.06 |
92.56 |
63.93 |
2 |
Uzunligi 1m li rels massasi,kg |
74.41 |
64.72 |
51.67 |
3 |
Balandligi, mm: |
192 |
180 |
152 |
4 |
Umumiy |
55 |
45 |
42 |
5 |
Kallagining |
105 |
105 |
8 |
6 |
Bo‘yinchasining |
32 |
30 |
27 |
7 |
Tagining |
72 |
71 |
70 |
8 |
Tag qismining kengligi,mm |
150 |
150 |
132 |
Relslarning standart uzunligi – 25.0 va 12.5 m, egriliklarda yotqiziladigan
kalta relslarniki – 24.92, 24.84, 12.46, 12.42, 12.38m. 12.5m uzunlikka ega relslar
odatda choksiz yo‘lning tenglashtirish oraliqlarida va strelkali o‘tkazgichlarda ishlatiladi. Choksiz yo‘lning rels o‘ramlarining uzunligi mahalliy sharoitlardan
kelib chiqqan holda loyihada belgilanadi. Uzunligi 50m, kelajakda esa 100–150m
ga teng relslarni ishlab chiqishga qaror qilingan. Relslarning bunday uzunligi
choksiz rels o‘ramlarida payvandlangan choklar sonini kamaytirishga, buning
natijasida yo‘lni ishdan chiqish hollarini ham kamaytirishga imkon beradi.
Relslar uchun materiallar
Temir yo‘l transporti eng metalltalab soha bo‘lib, metall mahsulotni eng
yirik iste’molchisidir. Metallning asosiy iste’molchilari – bu yo‘l va vagon
majmualari (tegishlicha 39 va 30%) (rasm 3).
Rasm 3. Temir yo‘l transportida materiallarni ist’emol qilish strukturasi:
1 – rels, strelkali o‘tkazgich va boshqalar; 2 – metall emas materiallar; 3 – rangli metall; 4 – vagon valokomotivlar uchun po‘lat cho‘yan quymalar; 5 – yo‘lovchi va yuk vagonlari g‘ildiraklari, bandajlar, o‘qlar; 6 – metall prokat.
Relslar yuqoriuglerodli rels po‘latidan ishlab chiqiladi; bunday po‘latlar
eritib chiqarish usuli – martenli, konvertorli va elektrpo‘latligi bilan farqlanadi.
Prokat uchun dastlabki tayyorlash usullariga ko‘ra quymalardan yoki uzluksiz
usulda quyilgan oldindan tayyorlangan relslar bilan farqlanadi. Ikkinchi usulda
relslar sifati yuqoriroq bo‘ladi. Rels po‘latining sifati uning kimyoviy tarkibi,
mikro– hamda makrotuzilmasiga bog‘liq.
Po‘lat tarkibida uglerod miqdorini ortishi bilan relslarni umumiy
mustahkamligi, egilishga va yeyilishga chidamliligi oshadi. Marganets rels
po‘latining qattiqligini, yeyilishga chidamliligi va qayishqoqligini, kremniy esa
relsni qattiqligi va yeyilishga chidamliligini oshiradi. Fosfor va sulfatlar zararli
qo‘shimcha bo‘lib, relsni mo‘rt qiladi. Fosfor miqdori katta bo‘lganda relslar past
haroratlarda mo‘rt bo‘lib qoladi, sulfat miqdori ko‘p bo‘lganda esa prokatlash
jarayonida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Vanadiy, xrom, titan va kremniy kabi
legirlovchi elementlardan iborat qo‘shmalar rels po‘lati sifatini va tuzilmasini
yaxshilaydi.
100–200 marta kattalashtirish qobiliyatiga ega mikroskop ostida po‘latning
mikrotuzilmasi perlit donalarini chegaralarida mayda ferrit tomirchalari joylashgan
plastinkasimon perlitdan iboratligini ko‘rish mumkin. Moy ichida toblangandan
so‘ng rels po‘lati toblanish sorbiti mikrotuzilmasiga ega bo‘ladi, bunda po‘latning
egiluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari, charchashga chidamliligi ortadi,
relslarni charchash natijasida hosil bo‘ladigan ko‘ndalang sinishlarga nisbatan
turg‘unligi oshadi.
3.Xulosa:
Men bu mustaqil ishni yozish jarayonimda shuni bildimki relsning asosiy vazifasi sifatida yo’naltiruvchi ,vagonlardan tushayotgan yuk va zo’riqishlarni o’ziga qabul qilib zaminga bir takis tarqatishi va kontakt hosil qilishi uchun xizmat qiladi. Bunda relslarning geometrik ko’rsatkichlari va kimyoviy tarkibi juda mihim, albatta rels mustahkam va nuqsonlardan holi bo’lsa ko’p yillarga xizmat qiladi. Shuning uchun rels po’latdan tayyorlanadi va zo’riqtiriladi.Rels ko’p yillarga xizmat qilishi uchun temir yo’l muntazam tamirlab boriladi.
Download 430.5 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling