Temir yo‘l qurilishida qo‘llanadigan o‘lcham birliklari. Reja: Kattaliklar, O’lchov usullari va vositalari. Temir yo’l qurilishida qo’llaniladigan yo’l asboblari va vazifalari. O’lchash xatoliklari va ularning sinflanishi
Download 3.08 Mb.
|
Metrologiya MI 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtangenglubinomer
SHTS-I shtangentsirkuli «lablari» ikki tomonlama joylashgan bo’lib (1-rasm), u tashqi va ichki o’lchash ishlari, chuqurlikni o’lchash uchun chizg’ichi bor (nonius bo’linish qiymati 0,1 mm, o’lchash chegarasi 0 dan 125 mm gacha) (lineyku) 1 asosiy shkalali shtangaga (chizg’ichga) ega bo’lib, uning bo’lmalari har 1 millimetrda tushirilgan. SHtanga imeyet qo’zg’almas ikki tomonlama o’lchash «lablariga» ega bo’lib, ularning ishchi yuzalari shtangaga perpendikulyar joylashgan. Chizg’ich bo’ylab ikkinchi «lablar» juftligiga ega bo’lgan o’lchash ramkasi 2 harakatlanadi; ramkada uning zarur holatda qotirish uchun stoporlash vinti 4 bor. O’lchash ramkasida qo’shimcha shkala - nonius 3 tushirilgan. Tashqi o’lchamlar eni kichik bo’lgan yassi ishchi yuzali quyi «lablar» yordamida o’lchanadi. Yuqori «lablar» ichki o’lchamlarni o’lchash uchun mo’ljallangan. Chuqurlik o’lchash chizg’ichi 5 bo’rtiklar balandligi, berk tirqishlar chuqurligi va shu kabilarni o’lchash uchun mo’ljallangan.
10-rasm. SHTS-I shtangentsirkuli Shtangentsirkullarning bundan tashqari SHTS-II , va SHTS-III turlari ham mavjud. 11-rasm. SHTS-II va SHTS-III shtangentsirkullari Shtangenglubinomer (shtangali chuqurlik o’lchagich) (3-rasm) chuqurlik va bo’rtiklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. U sostoit iz asos 1, asosiy millimetrli shkalasi bo’lgan shtanga 6, o’lchash ramkasi 3, stoporlash vinti 2, mikrometrik uzatish qurilmalari 5, stoporlash vinti 4, mikrometrik uzatish gaykasi va vinti 7 va nonius 8. Nonius bo’lmasi qiymati 0,05 mm va o’lchash me’yorlari 0-160, 0-200, 0-250, 0-315, 0-400 mm bo’lgan shtangali chuqurlik o’lchagichldar ishlab chiqariladi. Konstruktsiyasiga ko’ra shtangenglubinomer shtangentsirkuldan shtangada qo’zg’almas lablari yo’qligi va ular o’rniga chuqurlikni o’lchashda tayanch bo’lib xizmat qiladigan asos 1 mavjudligi bilan farq qiladi. Nolinchi o’lchamni shtangenglubinomer shtanga (chizg’ich) 6 qirrasi va asos 1 biriktirilganida ko’rsatadi. 12-rasm. Shtangenglubinomer. O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – o’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; 28 – o’lchash ob’yektini o’lchash joyiga o’rnatishdan kelib chiquvchi sabablar; – o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar; – o’lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar; – o’lchash ob’yektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar. O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi (13–rasm): 13-rasm. O‘lchash xatoliklarining turlarga bo‘linishi. O‘lchash bu bilish jarayoni bo‘lib, ulash vaqtida quyidagilarni bo‘lishini taqozo etadi: o‘lchash ob’ekti, o‘lchovchi, o‘lchov asbobi, o‘lchash uslubi va kerakli muhit. O‘lchash aniqligiga quyidagilar ta’sir etadi: o‘lchash ob’ektini bir xil emasligini, o‘lchovchining malakasi, o‘lchash usulini takomillashganlik darajasi, tashqi omillarni ta’siri va boshqalar. O‘lcham xatoligi – bu xaqiqiy qiymat bilan o‘lchangan fizik kattalik orasidagi farqdir. Xatoliklar absolyut, nisbiy, tizimli va tasodifiylarga ajratiladi. Absolyut xatoliklar odatda tizimli ε va η tasodifiy xatoliklardan iborat. Tizimli xatolik ma’lum belgiga ega bo‘lib, funksional qonun bo‘yicha yig‘ilib boradi. Ularni o‘lchash natijalaridan tuzatishlar kiritish bilan hisobdan chiqarib tashlanadi. Tasodifiy xatoliklar o‘lchov vositalari va o‘lchash usullarini takomillashmaganligi, tashqi sharoitlarni o‘zgarishi, o‘lcham qiymatlarni yaxlitlab olish va boshqalar tasodifiy xatoliklar qiymatini o‘lchash natijasidan to‘liq chiqarib tashlash mumkin emas. O‘lchov vositalariga o‘lchash ishlarida foydalanadigan metrologik xarakteristikaga ega bo‘lgan moslama, qurilmalar kiradi. O‘lchov vositalari quyidagi guruhlarga ajratiladi: Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling