Temir yo‘l qurilishida qo‘llanadigan o‘lcham birliklari. Reja: Kattaliklar, O’lchov usullari va vositalari. Temir yo’l qurilishida qo’llaniladigan yo’l asboblari va vazifalari. O’lchash xatoliklari va ularning sinflanishi
Download 3.08 Mb.
|
Metrologiya MI 1
1430-1480 mm
- krestovina o‘zagi ishchi qirrasidan kontrrels ishchi qirrasigacha bo‘lgan masofa: 1470…1500 mm 7-rasm. Elektron yo‘l shabloni. Elektron yo‘l shablonlari bilan bajariladigan o‘lchov turlari: - iz kengligi: 1505-1560 mm - bir izning ikkinchi izga nisbatan ko‘trilishi (возвышения): -160…160 mm - ariqcha (желоб) kengligi: 40…100 mm. - o‘tkazuvchi egrilik ordinatasi:100…1500 mm. - rels golovkasining yonlama yemirilishi: 0…20 mm - rels golovkasining vertikal yemirilishi: 0…20 mm. - ostryakning qarshisidagi ramali relsdan pasayishi: 0…35 mm - krestovina o‘zagi ishchi qirrasidan kontrrels ishchi qirrasigacha bo‘lgan masofa: 1460…1500 mm - krestovina usovigi ishchi qirrasidan kontrrels ishchi qirrasigacha bo‘lgan masofa: 1420…1460 mm. - ostryak qadami: 0…160 mm. Zamonaviy elektron yo‘l shablonlari quyidagi afzalliklarga ega: - xotira qurilmasiga ega; -GPS qurilmasiga ega; - olingan ma’lumotlarni elektron qayta ishlash; - strelkali o‘tkazgichlarning nosozliklarini aniqlash imkoniyati. Temir yo‘llarda yo‘lning texnik holatini baxolash uchun mo‘ljallangan. “Metvenko” uch g‘ildirakli yo‘l o‘lchovchi aravachalar relsga ortiqcha yuklama tushirmasdan yo‘lning texnik parametrlarini aniqlaydi. 8-rasm. Dastlabki “Metvenko” uch g‘ildirakli yo‘l o‘lchovchi aravachasi “Metvenko” yo‘l o‘lchovchi aravachasi bilan bajariladigan o‘lchov turlari: -rels izlari kengligi, o‘lchash oralig‘i: 1510-1550 mm; -rels izlarining bir-biridan balandlik darajasi (uroven) buyicha o‘zaro joylashishi, o‘lchash oralig‘i: -150...+150 mm. Elektron yo‘l o‘lchovchi aravachalar quyidagi imkoniyatlarga ega: - yo‘lning joriy kordinatalarini avtomatik tarzda aniqlaydi; - olingan natijalarni o‘z xotirasida saqlaydi (100 kmgacha ); - olingan natijalarni noutbuk yoki kompyuterga o‘tkazib borish va ularni taxlil qilish imkoniyati; - katta xajmli yo‘l ta’mirlaridan ( ko‘tarma ta’mir, o‘rtacha ta’mir, yalpi shpal almatirish va x.k.) keyin yo‘lning holatini tekshirish imkoniyati; - yo‘l o‘lchovchi aravachalar konstruksiyasining soddaligi va foydalanishda qulayligi; - yo‘l o‘lchovchi vagoni o‘tishidan oldin yo‘lning holatini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish imkoniyati; - yo‘lni doimiy nazorat qilish imkoniyati; - olingan natijalarni saqlash, tahlil qilish orqali oylik, yillik xisobot va statistik ma’lumotlar tayyorlash imkoniyati. Dinamik yuklama ostidagi rels koleyasining holatini yaxlit tezlik nazoratini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. O‘lchashlarning ikki usuli mavjud – kontaktli (o‘lchaydigan aravachalar yordamida) yoki yurib ketayotgan aravachalardan o‘lchashlarni amalga oshirish va kontaktsiz lazerli masofa o‘lchagichlar yoki boshqa turdagi har xil ichki o‘rnatilgan uskunalar yordamida o‘lchash. 9-rasm. DK «Era» tipidagi yo‘l holatini baholash uchun mo‘ljallangan diagnostika majmui. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling