Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika
Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar
Download 142.29 Kb.
|
Mustaqil ish-1
Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar
Drossel’-transformator (DT) mavjud bo’lgan rel’sli zanjirlarni hisoblash va tahlil etishda, ushbu DTlarni parametrlarini aniqlash lozim. Bunda ko’pincha tranformator to’rtqutblik ko’rinishdagi ekvivalent o’rinbosish sxema bilan almashtiriladi. Bu sxemada tranformatordagi o’ramlar orasidagi magnitli bog’lanish elektrli bog’lanish bilan almashtiriladi. DT to’rtqutblik koeffitsiyentlarining hisobi. DTni to’rtqutblik A, V, S, D koeffitsiyentlari bilan ko’rinishdagi sxemasini tasavvur qilaylik Zaruriyat tug’ilganida DTning transformatsiya koeffitsenti salt yurish rejimda asosiy va qo’shimcha cho’lg’amlarida U1 va U2 kuchlanishlar nisbatidan aniqlash mumkin bo’ladi. Elektrotortish uchastkalarda tutashma ulagichlarning nosozliklaridan hamda rel’slarning yerga nisbatan har xil o’tkazuvchanligi sababli rel’sli iplar bo’yicha ahamiyati bir xil bo’lmagan toklar oqib o’tishi mumkin, bu ularni asimmetriyasini belgilaydi. Asimmetriya miqdori, ya’ni rel’sli yo’llarda teskari tortish tokning turli qiymati rel’sli zanjirning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi (masalan, ALSN impul’slarni o’zgartiradi, rel’sli zanjirning soxta bandligini yuzaga keltiradi). Rel’slarda qaytish tokning asimmetriyasi rel’sli zanjirning asimmetriyasini tavsiflaydi va uni koeffitsiyenti qo’yidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda I1 va I2 – 1 va 2 rel’sdagi toklarning miqdori. O’zgaruvchi tokli elektrotortishda rel’sli zanjirdan elektroharakatlanuvchi tarkib xarakati vaqtida ikkala drosselli bog’lagichlarda toklar Dits qisqichlari yordamida o’lchanadi (tok transformatori s-91). Tortish toki 300A gacha bo’lgan uchastkalar uchun, asimmetriya koeffitsiyenti 4% dan oshmasligi kerak, ya’ni K4%. DT-1-150 yarimcho’lg’amlarida tortish toklar tavofuti 15 adan oshmasligi kerak. O’zgaruvchi tokli elektrotortishda asimmetriya kuchlanishi rel’sli zanjirning oziqlantiruvchi uchi elektroharakatlanuvchi tarkib bilan bandligida releli uchlar rel’slarida bevosita o’zgaruvchan tok vol’tmetri bilan o’lchanadi. Asimmetriya kuchlanishi ikki ipli rel’sli zanjirlar uchun 2,5 V dan oshmasligi kerak, bitta drossel’-transformatorli ikki ipli uchun esa 5 V dan oshmasligi kerak. O’zgarmas tokli elektrotortish rel’sli zanjirlar profilaktikasida, tortish tokning asimmetriyasi aniqlanmaydi. Zarur bo’lganda (r.z. ni nosozliklarini aniqlash uchun) o’zgarmas tortish tokning asimmetriya koeffitsiyenti DT yarimchulg’amlarida kuchlanishni o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Asimmetriya koeffitsiyenti quyidagi formuladan topiladi: Bunda DT - 0,2-500 va DT – 0,6-500 uchun asimmetriya koeffitsiyenti 20% oshmasligi lozim. Agar asimmetriya koeffitsiyenti me’yordan ko’p bo’lsa, unda tutashma ulagichlarni, DT ning asosiy chulg’amlarni ulanish kontaktlarini, zaminlanishlar ahvolini tekshirish zarur. Tortish tokning garmonik tashkil qiluvchilarni o’lchash O’zgarmas tokli elektrotortishli uchastkalarda tortish nimstansiyalarda o’zgaruvchan tokni to’g’rilanganda bir qator 50Gs karra garmonik tashkil qiluvchilar kelib chiqadi. 100, 150, 200 Gs chastotali garmoniklar fil’trlar bilan stansiyada yo’qotilmaydi va avtoblokirovka bilan ALSning mo’’tadil ishini buzishi mumkin. Ayniqsa, stansiyada to’g’rilagichlarning nosozligida garmoniklar ta’siri keskin kuchayadi. Rel’sli zanjirlarda garmonik tashkil qiluvchilar hajmini otsilllograf yoki garmoniklar analizatori bilan o’lchash mumkin. Biroq transportda, bunday asboblarni ishlatish ma’lum qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgani uchun, sNII (MITI) da ishlab chiqilgan selektiv qurilmadan foydalaniladi. U PK1 va PK2 qabul g’altaklardan fil’tr va elektron vol’tmetrdan iborat. Rel’sli zanjirning buzilishi ko’pincha zanjirning uzilishi, qarshiligi kupayishi yoki qisqa tutashuv oqibatida sodir bo’ladi. Nosoz elementi tiklash vaqti tekshirish operatsiyalarning ketma-ketligini to’g’ri tanlanganligiga bog’liq. Sxema elementlarining bir xil ishonligida nosozlikni qidirish eng yaxshi usuli - bu kesib tashlash (otsechka) usuli hisoblanadi. Bunda har bir tekshirish operatsiyasida sxema teng ikki qismga bo’linadi. SHunday yo’l bilan sxemaning nosoz yarmisini topib, uni yana teng ikki qismga bo’lishadi va xoqazo, toki nosoz element aniqlanmagunicha. Biroq, agar elementlarning buzilish ehtimoli har xil bo’lsa, unda tekshirishni ko’proq buzilish. Releli va oziqlantiruvchi uchlarda kuchlanishni o’lchab, ayni shu elementlarning buzilganlik faktini aniqlash uchun nisbatdan kam vaqt ketadi, garchi buzilgan elementni topish va nosozlikni bartaraf etish uchun ancha ko’proq vaqt ketadi. Nosozliklarni topish uchun xizmat ko’rsatish xodimlari xarakatlarining ketma-ketligini tartibga soluvchi mahsus informatsion diagrammalar keng ishlatiladi. Salt yurish va qisqa tutashuv usuli Rel’sli zanjirni o’zini so’nish kattaligi bo’yicha o’lchash usuli tanlanadi. Rel’sli zanjirni 1,7 Nep gacha so’nishida salt yurish va qisqa tutashuv usuli qo’llanilishi tavsiya etiladi, katta so’nishda esa, ikkita qisqa tutashuv usulini ishlatish kerak. Rel’sli zanjirning oziqlantiruvchi uchda manba bilan bir qatorda ampermetr ulanadi, rel’slar orasida esa – vol’tmetr. Salt yurish (SYU) rejimida yo’l relesi rel’sli zanjirdan uziladi va Usyu va Isyu qiymatlari o’lchanadi. Ikkita qisqa tutashuv usuli Rel’sli zanjirlarning oziqalntiruvchi uchidan l va 2l masofada (yaxshisi RZning o’rtasida va oxirida) ketma-ket kichik qarshilikli maxsus shunti o’rnatiladi, shunda U KZe, I KZe, U KZ2e, I KZ2e qiymatlari o’lchanadi. Ishlab chiqarish sharoitida bu poyezdlarni to’xtalishiga olib keladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun red’sli zanjirni boshida va oxirida tok va kuchlanishlarni o’lchash usulidan foydalanish mumkin. O’zgaruvchan tokli rel’sli zanjirlarini birlamchi parametrlarini doimiy tokli relsli zanjirda ishlatilgan usullar yordamida o’lchanadi, ya’ni ikkita turli ahamiyatga ega bo’lgan yuklanishda rel’sli zanjirning kirish qarshiligini o’lchash usuli, ikki qisqa tutashuv rejimda rel’sli zanjirning kirish qarshiligini o’lchash usuli, undan tashqarii argument o’lchovini talab qilmaydigan elektr uzun yo’l usuli va boshqalar ishlatiladi. 1. Fazometr, vol’tmetr, ampermetr usuli bilan rel’sli zanjirning kirish qarshiligini moduli vol’tmetr va ampermetr yordamida oson aniqlanadi, argument esa fazometr yordamida. SHunda asboblarni Aniqlik sinfi 2,5 dan kam bo’lmasligi kerak. Bu o’lchashni qiyin tomoni shundaki, mavjud bo’lgan elektr fazometrlar rel’sli zanjirda kuchlanishli (10-15 V) kichik nominalda ishlab chiqilmaydi. ELF-1 turidagi fazometrlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, ular kirish qarshilik argumentlarini anqlash uchun ishlatiladi, masalan analogli F2-13 yoki Raqamli F2-16. 2. Uchta vol’tmetrlar usuli. Ba’zi hollarda kirish qarshilikni argumenti va modulini aniqlash uchun fazometr yo’q bo’lsa, o’lchov sxemasini ko’zda tutuvchi uchta vol’tmetrlar usulini ishlatish mumkin. 3. Vektormetr yordamida o’lchash.Vol’tmetrni magnitoelektr tizimi asbob (IP) tashkil etib, u o’z ichiga boshqariladigan mexanik to’g’rilagich (MT) kontakti bilan unga parallel yoki ketma – ket ulanadigan qo’shimcha qarshilik V va shunt A bilan ta’minlangan. MT sinxron elektrodvigatel (SD) yordamida boshqariladi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Poyezdlar harakatini tartibga solish uchun (СЖАТ) ning eng muhim elementlaridan biri - elektr temiryo'l oqimi yoki qisqacha temir yo'l zanjiri. RC tufayli harakatlanuvchi poezdlar va (СЖАТ) qurilmalari o'rtasida uzluksiz avtomatik ulanish o'rnatiladi. Bu temir yo'llarning birinchi va eng muhim maqsadi. Temir yo'l zanjiri temir yo'l liniyasining (RL) va RLga ulanadigan asboblarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Elektr temir yo'lidagi simlar relslardir. Ular XIX asrning ikkinchi yarmida ixtiro qilingan. Amerikalik muhandis Uilyam Robinson. Birinchi RZ ning quvvat manbai va ro'yxatga olish qurilmasi (o'rni) bir joyda joylashgan. Tekshiriladigan bo'linma bo'sh bo'lsa, oqim o'z o'rni sargari orqali oqmaydi (shuning uchun bu RZ "odatda ochiq" deb nomlanadi) va poyezdga kirganda u kuchga ega bo'ladi. Bundan ko’rinib turibdiki rels zanjirlari XIX asrdan beri hozirgacha ozini mavqeini saqlab kelmoqda. Balki kelajakda rels zanjirlarini o’rniga mikroprotsessorli tizimlar qo’llanilar. Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlarga keladigan bo’lsak bu poyezdlar harakati xavfsizligi uchun judayam muhim jihat hisoblanadi, nafaqat poyezdlar balki insonlar salomatligi bundan mustasno emas. Download 142.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling