Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika
Download 142.29 Kb.
|
Mustaqil ish-1
Toshkent Davlat Transport Universiteti “Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi Mustaqil ish Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar Bajardi: AB-8 guruh
Toshkent-2022 Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar Reja:
Kirish Rels zanjirlari haqida tushuncha Rels zanjirlari parametrlari Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar Xulosa Kirish Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ob’yektiv va ishonchli usul bo’lib, har qanday ishlab chiqarishning ajralmas qismini tashkil etadilar va muxim rol’ o’ynaydilar. Tabiatning turli xil hodi-salarni o’rganilishi, fan va texnika rivojlanishi o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir. Ishlab chiqarishni avtomatik boshqaruvi, ishlab chiqarishning jarayonlarini va nazorat operatsiyalarini avtomatizatsiyalash ham o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir. Har xil o’lchov turlari orasida elektr o’lchovlari birinchi o’rinda turadi, chunki ular ko’pgina afzalliklarga ega. Bular qatoriga quyida-gilarni kiritish mumkin: a)kattaliklarni uzluksiz o’lchash imkoniyati (diagramma yoki tasmalarda yozib olish); b)o’lchash ob’yektidan uzoqlashgan holda kattaliklarni o’lchash imkoniyati O’lchov – bu maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo’li bilan fizik kattalikning miqdoriy ma’nosini aniqlashdir. Fizik kattaliklarning miqdoriy va sifat bahosi o’lchov asboblar yordamida aniqlanadi. Olinayotgan ma’lumotlar ishonchli bo’lishi uchun, asboblarga yuqori talab qo’yiladi va bu masalani metrologiya yechadi. Metrologiya – bu zarur bo’lgan aniqlikka erishish usullari va o’lchovlar, usulllar va vositalarni birligini ta’minlash haqidagi fan. Metrologiya umumiy va amaliyga bo’linadi. Umumiy metrologiya etalonlarni (namunalarni), o’lchovlarni, tizimlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Amaliy metrologiya amaliy masalalarni yechadi. O’lchovlar birligini ta’minlaydigan qonun chiqaruvchi metrologiya alohida ifodalangan (umumiy qoidalar, talab va me’yorlar). Download 142.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling