Temir yo’llari davlat kadastri
Download 106.7 Kb.
|
Temir yo’llari dk
- Bu sahifa navigatsiya:
- TYDK ni yuritishni tashkil etish
- Temir yol korxonalarining kadastr bolinmalari
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Temir yo’llari davlat kadastriTEMIR YO’LLARI DAVLAT KADASTRI Temir yo'llar davlat kadastri (TYDK) O'zbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari to'g'risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II), O'zbekiston Respublikasining “Temir yo'l transporti to'g'risida” qonuni (15.04.1999 yil № 766-I), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom”, O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Temir yo'llar davlat kadastrini yuritish tartibi to'g'risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritiladi.TYDK - bu temir yo'llar ob'ektlari, ularning jug'rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to'g'risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. TYDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda temir yo'llar ob'ektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo'lgan va qurilayotgan temir yo'llar, stantsiyalar hamda O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'llarning boshqa ob'ektlari: peregonlar, bino va inshootlar, ko'priklar, puteprovod, tonnel`, galereya, dyuker, akveduk, truba, lotoklar, skvajinalar TYDK ob'ektlari hisoblanadi.TYDK ni yuritishni tashkil etish
TYDKni yuritish temir yo'l ob'ektlarining barcha turlarini ro'yxatdan o'tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob'ektlarni ekologik- iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to'plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir. Temir yo'l ob'ektlari ro'yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi. Temir yo'l ob'ektlarining barcha turlari birlamchi ro'yxatga olinishi kerak. Bunda asosiy ko'rsatkichlar qayd etiladi.Temir yo'l korxonalarining kadastr bo'linmalari:
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 106.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling