Temirbeton konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo`yicha hisoblash. Reja: Temirbeton konstruksiyalar


§2 — norma bo‘yicha o‘matilgan konstruksiyaning chegaraviy siljishi


Download 0.85 Mb.
bet3/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1264622
1   2   3   4
Bog'liq
15 Ойбек Қурилиш мех м иши


§2 — norma bo‘yicha o‘matilgan konstruksiyaning chegaraviy siljishi.


Yuklar va ta’sirlar
Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat, ya’ni
vaqtincha bo'lishi mumkin, vaqtinchasi uzoq muddatli, qisqa
muddatli va alohida bo'lishi mumkin.

Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi;

a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to'suvchi
qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi;

b) grantlaming og‘irligi va bosimi (коЧаппа, to‘Idirma), tog‘


bosimi. Konstruksiya yoki zaminlarda oldindan uyg'otilgan
kuchlanishlardan hosil bo'lgan zo'riqishlar doimiy yuklardan hosil
bo‘lgan zo‘riqishIar kabi hisobga olinadi.

Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar


kiradi;

a) vaqtincha xonalami ajratadigan pardevor og'irligi;

b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar,
qo‘zg‘almas коЧагша mashinalar, shuningdek, asbob-uskunalarni
to‘Idirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni;
d) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan
jismlarning bosimi, shaxtalarda havoning ventilatsiyasidan hosil
bo‘Igan ortiqcha bosim;

e) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan


xonalar, arxivlar va shunga o'xshash binolar yopmasiga
taxlanadigan yoki jovonla^ga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni;

f) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan haroratdan


texnologik ta’sirlar;

g) SUV to‘ldirilgan yassi tomlarda suv qatlami vazni;

h) to‘planib qolgan ishlab chiqarish changlari qatlamining vazni;

i) uy-joy, jamoat va qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga


odamlar, hayvonlar, asbob-uskunalardan tushadigan, me’yoriy
qiymati kamaytirilgan, QMQ 2.01.07-96 ning 3-jadvalda berilgan
yuklar;

j) m e’yoriy qiymatlari kichraytirilgan ko'prik va osma


kranlardan vujudga keladigan vertikal yuklar; buni aniqlash uchun
bitta krandan hosil bo‘lgan vertikal yukning to'liq me’yoriy
qiymatini har bir oraliqda quyidagi koeffitsiyentlarga ko'paytiriladi;
4K-6K guruh kranlari ish rejimi uchun-0,5; 7K guruh kranlari ish
rejimi uchun 0,6; 8K guruh kranlari ish rejimi uchun 0,7;

k) kichraytirilgan me’yoriy qiymatga ega bo'lgan qor yuki;


buni aniqlash uchun to‘liq me’yoriy qiymat koeffitsiyentga
ko'paytiriladi, lOOkg/m^ x 0,3; 150 kg/m^ x 0,5; 200 kg/m^ x 0,6;

1) grunt tuzilishining tubdan o'zgarishi yoki abadiy" muzlagan


gruntlarning erishi bilan bog‘liq bo'lmagan, zamin
deformatsiyalaridan hosil bo'lgan ta’sirlar;

m) ashyolar namligining o'zgarishi, o‘tirishishi va tob


tashlashidan hosil bo'lgan ta’sirlar.

Vaqtincha qisqa muddatli yuklarga quyidagilar kiradi:

a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to'xtatish, sinash,
ko'chirish yoki almashtirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar;

b) odamlar va uskunalami ta’mirlashda ishlatiladigan ashyolar vazni;

d) uy-joy, jamoat, qishloq xo'jaligi binolarining yopmalariga
odamlar, hayvonlar va asbob-uskunalardan tushadigan to‘liq
me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan yuklar;

e) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarma-naqliyot vositalaridan tushadigan


yuklar (yuklagichlar, elektrokarlar, taxlagich kranlar, telferlsr,
shuningdek, ko‘prik va osma kranlardan tushadigan to‘liq me’yoriy
qiymatga ega bo‘Igan yuklar);

f) to‘liq me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan qor yuklari;

g) to‘liq me’yoriy qiymatiga ega bo‘lgan harorat iqlim ta’siri;

h) shamol yuklari;

i) yaxmalak yuklari;

Maxsus yuklarga quyidagilar kiradi;

a) seysmik ta’sirlar;

b) portlash ta’sirlari;


d) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalaming
vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan
yuklar;

e) grunt strukturasini keskin o'zgarishi (cho'kuvchan gruntlar


namlanganda) yoki tog‘ konlari hududida cho'kish natijasida
zaminda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling