Тemirbeton ko’priklarning tafsiloti va qo’llanish sohasi


Download 117.41 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi117.41 Kb.
#1529784
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Темир бетон куприклар


1.3. Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizim va materiallari


Тemirbeton ko’priklarning tafsiloti va qo’llanish sohasi. Тemirbeton ko’priklar va boshqa sun’iy inshootlarda ko’pdan-ko’p qo’llaniladi. Hozirgi kunda temirbeton eng muhim materiallardan bo’lib qoldi, yig’ma temirbeton esa zamonaviy industrial qurilishning asosini tashkil qiladi. Oddiy armaturali (oldindan zo’riqtirishsiz) temirbeton ko’priklarning oraliq qurilmalarida foydalanish bosqichida cho’zilish zonasida, betonning chegaraviy cho’ziluvchanligidan ortiq bo’lgan, hamda shu tufayli yoriqlarning paydo bo’lishiga olib keladigan deformatsiyalar vujudga keladi. Buning oldini olish uchun yoriqlarning ruhsat etiladigan chegaraviy ochilish o’lchami cheklanadi. Shu o’rinda ishchi armatura sifatida yuqori mustahkamli po’latni ishlatish imkoniyati yo’q bo’lib, tejamliroq va yengilroq temirbeton konstruksiyaga erishish iloji bo’lmaydi. Yoriqlarning ochilishi chegaraviy qiymatlaridan ortiqroq bo’lgan holatlarda, ko’pdan-ko’p turli-tuman shakllar olish imkonini beribgina qolmay, mustahkamligi orttirilgan materialllarni ishlatish imkoniyatini yaratadigan, oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan konstruksiyalarni qo’llamoq lozim. Oddiy temirbetonda cho’zilish zonasidagi beton asosan po’lat armaturani muhofazalash uchun zarurdir. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan konstruksiyalarda po’lat armaturaning o’rni betonning cho’zilgan zonasini doimiy siqilishga duchor qilib turishdadir. Sindiruvchi yuklarga yaqinlashgan sari oldindan zo’riqtirilgan armatura huddi oddiy temirbetondan qilingan konstruksiyalardagidek ishlaydi. Betonning oldindan siqilishini sodir qilish uchun, yuqori mustahkamli simli yoki sterjenli armatura (vaqtincha qarshiligi 1000 MPa gacha) qo’llaniladi. Yuqori mustahkamli armaturani zo’riqtirish sifatida qo’llash po’latni 1,5...2,5 barobar tejash imkonini beradi. Shu o’rinda betondagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning kamayishi evaziga uni ham tejashga erilishiladi.

Тemirbeton ko’prik eng yaxshi variantini qidirishning asosiy mezoni uning narhi va foydalanishdagi xossalaridir. Kichik oraliqlar uchun temirbeton oraliq qurilmalar metalldan qilinganlaridan tejamliroqdir. Oraliqlari 27,6 m gacha bo’lgan temir yo’l ko’priklari uchun, zavod va poligonlarda industrial usulda yasaladigan turkumiy temirbeton oraliq qurilmalar keng miqyosda qo’llaniladi. O’rta va katta ko’priklar individual loyihalar bo’yicha quriladi. Тemirbetonning asosiy afzalliklaridan biri ko’priklar elementlarini ixtiyoriy tarhli ko’ndalang kesimli qilib yasash imkoniyatiga egaligidadir.




Download 117.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling