Temirbetonning ishlatilish soxalari. Armaturaning fizik – mexanik xossalari
Temirbeton konstruksiyalarning afzalliklari, nuksonlari va ishlatilish soxalari
Download 21.04 Kb.
|
Temirbetonning ishlatilish soxalari. Armaturaning fizik – mexani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Armaturaning vazifasiga,yuza shakliga va ishlatilishi kura turlari
Temirbeton konstruksiyalarning afzalliklari, nuksonlari va ishlatilish soxalari
Temirbeton konstruksiyalarning afzalliklari : mustaxkam,uzokga chidamli, olov bardosh,zilzila bardosh,maxalliy xom-ashyolardan foydalanish imkoniyati,konstruksiyaga istalgan shakil berish imkoniyati, mustahkamligini yildan yilga ortib borishi Temirbeton konstruksiyalarning nuksonlari : Vaznining ogrligi, issik va tovushning utkazishi,mustaxkamlash va tuzatishning kiyinligi,yorik paydo bulishi Temirbeton kon-siyalarning ishlatilish soxalari : Sanoat,ma’muriy va tura rjoy binolari,ko’priklar,tunellar,maxsus inshoatlar,gidrotexnik inshoatlar,fazoviy konstruksiyalar. Armaturaning vazifasiga,yuza shakliga va ishlatilishi kura turlari Po‘lat sterjenli armatura hisoblash yo‘li bilan hamda konstruktiv yoki ishlab chiqarish talablari asosida betonga joylashtiriladi.Armatura temirbeton konstruksiyalarida cho‘ziluvchi kuchni qabul qilish va betonning siqilgan qismini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.Armaturalar ishlatilishiga ko‘ra: ishchi, konstruktiv, montaj armaturalariga bo‘linadi.Ishchi armatura hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi (cho‘ziluvchi yoki siqiluvchi kuchini qabul qilish uchun)Montaj armaturasi ishchi armaturani loyihada ko‘rsatilgan xolatdagi joyini belgilash uchun, karkas bilan birlashtirish uchun qo‘yiladi. Betonda hisobda e’tiborga olinmagan kirishish va tobtashlash, hamda temperaturaning o‘zgarish kuchini hisobga olish uchun konstruktiv (yoki taqsimlovchi) armatura armaturalar o‘rtasida kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun qo‘yiladi. Ishchi va konstruktiv armatura montaj armatura vazifasini ham bajarishi mumkin. Temirbeton konstruksiyalarida qo‘llaniladigan armaturalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: -tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qizdirib prokatlangan va sovuqlayin cho‘zilgan; -yuza shakli silliq va davriy profilli; -qo‘llash usuli oddiy va zo‘riqtirilgan. Shuni aloxida ta’kidlash joizki, temirbeton konstruksiyalarida davriy profili sterjenli armaturalar keng qo‘llaniladi. Davriy profili armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSh) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g‘adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o‘z navbatida, beton cho‘zilishga ishlaganida, yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishdan xalos etadi. Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim xollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko‘taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo‘shtavr va b). Download 21.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling