Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi.O`zbekistonda ta’lim tizimi
taraqqiyoti va tarixini zarur yo`nalishlari bo`yicha izohlab, ilmiy jihatdan
asoslab berishga harakat qilgan tadqiqotlar yetarli darajada. Mazkur ilmiy
ishlarda respublikamizda ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyoti va istiqbolini
tadqiqot qilishga qaratilgan. Bularga:Q.Ergashev,A.Choriyev, A. Sadiyev, R.
Tolibov va boshqa olimlarning qator ilmiy ishlarini ko`rsatish mumkin.Mazkur
asarlarda O`zbekistonda ta’lim tizimi, umumta`lim, kasb- hunar kollejlari va
akademik litseylarning rivojlanish tarixi yoritilishiga harakat qilingan
1
. Lekin
ta`lim tizimida hudud nuqtai nazarda qaraganda Navoiy viloyati kasb-hunar
kollejlari va akademik litseylarning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti haqida
1
Ergashev Q.O`zbekiston xalq ta’limining rivojlanish tarixi.. T. “O`qituvchi” 1998.Чориев А.
Проблемы народного образования педагогических кадров Узбекистана. Т., Фан, 1997.
Саьдиев А.Преподавания истории народов Узбекистана.Т.,“Укитувчи”, 1993. J.Yo`ldoyev.
Xorijda ta`lim.T.:“Sharq”,1995.Р.Н.Толибов.Развитие и совершенствование системы
средних специальниых образованиe и подготовки кадров специалистов в Узбекистане.
(Опыт и проблемы) Автореф. канд. ист. наук.Т. 1993. Saidaxmedov N. S. Pedagogik mahorat
va pedagogik texnalogiya.T.,2003.Azarov Y.P.Bolalarni sevish sanati. T. “O`qituvchi”, 1992.
9
mustaqil tadqiqotlar yetarli darajada emas. Shu sababli ta’lim tizimida,
jumladan, Navoiy viloyati ta’lim muassasalarida islohotlarning borishi, moliyaviy
resurslarni jalb etish xususiyatlari, ayniqsa, muassaslarda xorij ta`limi tizimi
tajribalaridan foydalanish,o`qitishning muqobil samaradorligiga erishish,
pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish,bitiruvchilarni ish bilan ta`minlash va
ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog`liq muammolarni chuqurroq o`rganish zarurati
dissertasiya mavzusini tanlashga sabab bo`ldi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |