3.2.Tarix ta`limini o`qitishda xorij ta`limi tajribasidan foydalanish.
3
Kirish
O`tgan asrning 90-yillari boshlarida yangi yosh davlatimiz oldida mamla-
katimiz mustaqilligini mustahkamlash, o`z taraqqiyot yo’lini belgilab olish, bu
yo`lda yoshlarimizni ulug` ajdodlarimiz ilmiy– ma’naviy qadriyatlarimiz asosida
tarbiyalsh vazifasi turgan edi. Bu vazifani esa mutloqo kechiktirib bo`lmasdi.
Hali o`sha suronli yillarda Prezidentimiz I.A.Karimov “Bizga kadrlar tayyorlash-
ning maxsus milliy dasturi kerak”
1
– deb ta’kidlaganlarida naqadar haq edilar.
Bu haqda so’z yuritganda, yurtboshimiz tomonidan 1990 yil 4 avgustda, hali sobiq
mustabid mafkura hukmron bo’lib turgan bir paytda kadrlar tayyorlash milliy
dasturini ishlab chiqish masalasini kun tartibiga qo’ygan edi
2
. Lekin faqat
mustaqillikka erishganimizdan so’ng bu g’oyani amalga oshirish imkoni tug’ildi.
1997-yilda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.Keyinchalik, 2004 yilda ana shu dasturning
uzviy davomi bo’lgan maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi
qabul qilindi va izchil joriy etildi. Shular qatorida mamlakatimizda bolalar sportini
rivojlantirish, musiqa va san’at maktablarining, oliy ta’lim muassasalarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan dasturlar qabul qilinganini
ta’kidlash lozim.Hozirda bu yo`lda amalga oshirilayotgan ishlar O`zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” hamda «Davlat ta'lim standartlari» talablariga muvofiq barkamol shaxs
va malakali mutaxassisni tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy harakat muvaffaqiyatini
taminlashga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: