Tadqiqot obyekti va predmeti. Maktab tarix ta`limida xorij ta`limi
tajribasidan foydalanish jarayonini Navoy viloyati umumta`lim maktablari,
akadem litseylar va kollejlar misolida o`rganish tadqiqot obyekti sifatida
olingan.
Viloyat va asosan Navoiy shahar umumta`lim maktablarida joriy etilgan
va hozirda amalda o`quv jarayonida qo`llanilayotgan xorij tajribalarini o`rganish
va tahlil qilish tadqiqot predmeti qilib olindi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mustaqillikka erishgan ilk kunlarimizdan
boshlab O`zbekistonda ta’lim tizimi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish
ularning faoliyati tarixini tadqiqotlar asosida tahlil qilish, dissertasiya ishining
asosiy maqsadini tashkil etadi.Bu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot
davomida hal qilishi lozim bo`lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
-Mustaqil O’zbekistonning Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi mamla-
katlari bilan ta`lim sohasid gi aloqalarini yoritish;
-O`zbekistondagi xorijiy oliy o`quv yurtlari va ular bilan hamkorlik muno-
sabatlarini o`rganish;
-Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari ta`lim tizimining
1
Karimov I.A.Barkamol avlod–O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T.“Sharq”.1999.42 –bet.
8
o`ziga xos xususiyatlari, o`qitilish uslublari, bir- biridan farqi va muammo-
larini yoritish;
-Ta`lim tizimida xalqaro hamkorlik , investitsion aloqalar, natijalari va
istiqboli;
-Tarix ta`limini o’qitishda xorij ta`limi tajribasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |