Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertasiya ishini yozishda
dialektik metodga tayandik.Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.
Karimovning tariximizni bugungi kun nuqtai nazardan o`rganish, yaratish orqali
tarixiy xotirani tiklash, milliy madaniyatni rivojlantirish, an’anaviy qadriyatlar
tizimini tadqiq va targ`ib etish borasidagi konseptual nazariy mulohazalari
dissertasiya ishining metodologik asosini tashkil etadi.
Ta`lim muassasalarining, jumladan, Navoiy viloyatidagi shu ta`lim
muassasalarining tarixini tadqiq va tasnif etishda xolisiylik va tarixiy - qiyosiy
metoddan foydalandik.Shuningdek,ta`lim muassasalarining tarixining adabiyot va
manbalarida yoritilishini tadqiq etish va tasniflashda Q. Ergashev, F. Ergashev
kabi tarixchi olimlarning fundamental tadqiqotlari
1
va Navoiy viloyati Xalq
ta’limi boshqarmasi joriy arxivi,
hamda Navoiy viloyat o`rta maxsus, kasb-hunar
ta`limi boshqarmasi joriy arxivi hujjatlarida bayon qilingan nazariy xulosalarga
tayandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |