Temiryo‘llarning tabaqalanishi va darajalari haqida ma’lumotlar


Download 1.59 Mb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1288989
  1   2
Bog'liq
m.ish

Mavzu:Temir yo’llarni loyihalash va


qurish asoslari
Reja:
1. Temiryo‘llarning tabaqalanishi va darajalari haqida ma’lumotlar.
2. Temiryo’lning trassasi, rejasi va bo‘ylama profili.
3. Temiryo’larni loyihalashning tartib va qoidalari.

Temiryo‘llarning tabaqalanishi va darajalari haqida ma’lumotlar.
Yangi temiryo’l liniyalari yangi hududlarni va ularning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish, mavjud o’ta yuklangan liniyalarni yengillatish, yo'lovchilar va yuklarni tashish vaqtini kamaytirish maqsadlarida quriladi. Yangi liniyalar mavjudlaridan temiryo'l tarmoqlarining faoliyatidagi ahamiyati, tashishlarning miqdori va tavsifi bilan tubdan farq qilishi mumkin.Shular sababli temiryo'l liniyalarini loyihalashga qo'yiladigan texnik talablar va me’yorlar tegishlicha differensiyalanib tabaqalashtirilgan.Loyihalashda asosiy dastur bo'lib xizmat qiluvchi qurilish me’yorlari va qoidalari (Q M va Q ) 1520 mm kenglikdagi yangi temiryo'llar va shaxobcha yo'llarni darajalashni ko'zda tutadi.Liniyaning darajasiga qarab uning asosiy parametrlari va loyihalashga texnik talablar, yo'lovchi va yuk poyezdlarining tezliklari hamda liniyaning barcha inshootlari quvvati belgilanadi. QM va Q 32.01-95 bo'yicha M D H davlatlaridagi yangi temiryo'llar, korxonalarga boruvchi shoxobcha yo’llar, qo'shimcha (ikkinchi, uchinchi) bosh yo'llar, quvvatlari oshirilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) mavjud yo'llar umumiy temiryo'l tarmoqlaridagi o'rni va vazifasiga qarab quyidagicha darajalanadi:


Temiryo’lning trassasi, rejasi va bo‘ylama profili.
Loyihalash davrida yo'lning trassasini belgilash liniyani trassalash deyiladi. Trassaning eng ijobiy yaxshi yechimi liniyaning rejada to'g'ri chiziq va yukli harakat yo'nalishida bir maromdagi nishablik bo'ylab joylashishi bo'lar edi.Ammo bunday yechim imkoniyati har doim ham bo'lavermaydi, chunki temiryo'l aholi punktlari orqali o'tishi, tabiiy to'siqlarni (tog'lar, ko'llar, botqoqlik kabilar) aylanib o'tishi, yer
ustki tuzilishining notekisliklaridan o‘tishi va nihoyat qurilish xarajatlarini arzonlashtirish maqsadlarida trassa holatini rejada va profilda o’zgartirishga olib keladi. Temiryo’l liniyasi rejada to'g'ri chiziqli uchastkalar va egrilardan, (4.2-rasm), profilda esa maydoncha deb nomlanuvchi gorizontal uchastkalar va qiyalik deb nomlanuvchi nishabliklardan tashkil topadi (4.3-rasm).











Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling