Temiryo‘llarning tabaqalanishi va darajalari haqida ma’lumotlar
Temiryo’larni loyihalashning tartib va qoidalari
Download 1.59 Mb.
|
m.ish
Temiryo’larni loyihalashning tartib va qoidalari.
Namunaviy loyihalar ommaviy qo'llaniladigan obyektlar uchun ishlab chiqiladi (razyezdlar, quvib o'tish punktlari va oraliq stansiyalar uchun yo'lovchi binolari va boshqalar). Qayta qo’llaniladigan loyihalar ilgari boshqa obyektlar uchun ishlab chiqilgan loyihalar bo'lib, obyektlar uchun yangi loyiha o'rnida qo'llaniladi. Namunaviy va qayta qo'llaniladigan loyihalar berilgan obyekt sharoitlarini hisobga olgan holda tahlil qilib to'ldiriladi. Individual loyihalar noyob inshootlar (masalan, katta shaharlardagi vokzallar) yoki o'ziga xos mahalliy sharoitlar bo'lganda ishlab chiqiladi. Tajribaviy loyihalar ilk bora qurilish amaliyotida qo'llaniladigan texnikaviy yoki texnologik yechimlarning qurilish va foydalanish davridagi samaradorligini tekshirib o'rganish uchun ishlab chiqiladi. Temiry o'llar loyihalariga qo'yilgan talablarni bajarish uchun qurilish va rekonstruksiya sharoitlarini hamda temiryo'llardan kelajakda foydalanish xususiyatlarini chuqur o'rganish talab etiladi. Shuning uchun loyiha ishlarini bajarish oldidan chuqur iqtisodiy va texnikaviy muhandislik izlanishlarini olib borish kerak bo'ladi. Bu izlanishlar jarayonida mumkin bo'lgan variantlarni baholash, loyihalash, qurish va kelajakda foydalanish bo'yicha texnik jihatdan to'g'ri va iqtisodiy samarador yechimlarni ta’minlovchi zaruriy ma’lumotlar to'planadi. Loyihalash bosqichiga qarab izlanishlar TIA tuzish uchun muammoli va konkret obyektlarni loyihalash uchun titulli turlarga bo'linadi. Yangi temiryo'l liniyalarini loyhalashdagi iqtisodiy izlanishlarning asosiy vazifalari: — loyihalashtirilayotgan yo'nalishning o'rni va vazifasini asoslash, uning mavjud temiryo'l tarmoqlaridagi ahamiyatini va boshqa transport turlari bilan o'zaro hamkorligi, uning qurilish samaradorligini belgilash, yo'nalishlarning variantlarini va loyihalanayotgan liniyalarning oxirgi manzillarini, aholi va korxonalarning transportga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlash; — loyihalashtirilayotgan yo'nalishlarda yo'lovchilar va yuk tashish hajmlarini aniqlash; — loyihalashtirilayotgan liniyada ishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning mavjud temiryo'l tarmoqlari ishlariga ta’sirini aniqlash. Mavjud temiryo‘llarning rekonstruksiyasini loyihalashda iqtisodiy izlanishlarga quyidagilar kiradi: — rekonstruksiya munosabati bilan yo'lning ahamiyati va vazifasining o'zgarishini aniqlash; — rekonstruksiya qilinayotgan yo’lda tashish miqdorlarini hisoblash va uning mavjud temiryo’l tarmoqlariga va boshqa transport turlarining ishiga ta’sirini aniqlash; — rekonstruksiya munosabati bilan temiryo’l ishining iqtisodiy ko'rsatkichlarini belgilash. Iqtisodiy izlanishlar qoidaga ko'ra, iqtisodiy tekshiruvlar va loyihalashtirilayotgan hududlarda xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarining rivojlanish kelajaklarini o ‘rganishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari,aholi hududlari, aholi zichligi ham hisobga olinadi. Texnikaviy izlanishlarga loyihalashtirilayotgan trassa uchun joyni aniqlash hamda temiryo'l obyektlarini loyihalash uchun kerakli texnik ma’lumotlar yig'ish kiradi.Muammoli texnik izlanishlar qiyin uchastkalarni joyida o'rganib kartografik materiallar bo'yicha bajariladi. Titul texnik izlanishlar geodezik, muhandislik-geologik, gidrogeologik ishlar va mavjud inshootlarni tadqiq qilishdan iborat. Bu ishlarni bajarishni tayyorlov, dala va kameral davrlarga bo'lish mumkin. Tayyorlov davrida trassa o'tadigan hudud haqidagi ma’lumotlar o'rganiladi, trassa variantlari karta bo'yicha belgilanib, bu variantlar dala davrida o'rganiladi. Dala izlanishlarini qidiruvchi partiyalar olib boradilar,ular trassani joylarda bo'lish hamda geodezik ishlarni, geologik-muhandislik va gidrologik tekshiruv ishlarni olib boradilar. Kameral davrda dala izlanish natijalari qayta ishlanadi. Geodezik ishlarning muhimlaridan biri trassa yo'nalishini topografik suratga (rejaga) olish bo'lib, u har 100—200 metrda bajariladi. Suratga olishda joy nuqtalarining gorizontal tekislikdagi holati va balandligi aniqlanadi. Suratga olishda har xil geodezik asboblardan foydalaniladi. Joyning uzunligi, odatda, 20 metrli po'lat o'lchov lentalari yoki uzunlikni o'lchovchi maxsus asboblar bilan o'lchanadi. Joyning perpendikulari eker, gorizontal burchaklari esa bussollar bilan aniqlanadi. Bir paytning o'zida gorizontal, vertikal burchaklar va masofalar teodolit-taxeometrlar bilan o'lchanadi. Zamonaviy uzoqni yorug’lik bilan olchash va elektron taxeometrlar geodezik o’lchovlami avtomatik rejimda yuqori aniqlik bilan bajarilishini ta’minlaydi.Hozirda lazerli teodolitlardan foydalanish keng y o‘lga qo‘yilayapti. Bo'lajak trassa maydonlarining geologik va gidrogeologik tuzilishini, har xil geologik jarayonlar mavjudligi va xususiyatlarini aniqlash uchun muhandislik-geologik tadqiqotlar olib boriladi. Bu ishlar davomida mahalliy qurilish materiallarining mavjudligi va sifati, ba'zi bir inshootlar poydevorlarining deformatsiyalanishi va ularning yuvilish,cho‘kish natijasida yemirilishi aniqlanadi. Gidrogeologik ishlarda daryolar holati va oqim tezligi o‘rganiladi.Bu materiallar ko‘priklarning o'tish qismlarining konstruksiyasini va suv o'tkazadigan quvurlarni loyihalashda juda muhim. Geodezik, geologik va gidrologik muhandislik ishlarini bajarishda aerouslublar keng qo'llaniladi. Temiryo'l ishlarida ulardan asosiylari aerovizual tekshiruvlar, rekognossirovka, acrofotosuratga olish, aerogeologik suratga olish, aerogidrometrik ishlardan iborat. Aerotadqiqot ishlarini qo'llash, ayniqsa, qiyin sharoitli hududlarda qo'l keladi. Ular ishlar muddatini 2—3 barobar qisqartirishga imkon beradi. Har bir aerotadqiqot aerosuratga olish, yer-dala ishlari va kameral ishlarni o'z ichiga oladi. Temiryo'l trassasini loyihalashning uslublari joyning topografik sharoitlariga hamda yetakchi qiyalik va joy qiyaliklarining o'zaro nisbatiga bog'liq bo'ladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling