Temperament haqida tushuncha


Diqqat haqida umumiy tushuncha


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

Diqqat haqida umumiy tushuncha. 
Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har 
qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining 
muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini 
tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy 
(aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi 
nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. 
Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, 
narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni 
beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad 
bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda 
kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. 
Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga 
oshiriladi. 
Faoliyatning turlari. 
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - 
predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida 
tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari 
va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. perseptiv – ya’ni, bular shunday 
harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida 
yaxlit obraz shakllanadi;n mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va 
mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda 
saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;n fikrlash faoliyati - aql, 
faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga 
qaratilgan faoliyat; 
n imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy 
jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan 
narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling