Temperament haqida tushuncha
Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari
Download 218.98 Kb. Pdf ko'rish
|
ped psixologiya javoblar
Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi. Umumiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Download 218.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling