Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Toʻgʻri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin


Download 1.41 Mb.
bet16/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Toʻgʻri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin.

Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatlar tasnifi

  • Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, koʻnikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bogʻliq boʻladi. Lekin, bu xususiyatlarning oʻzi bu bilim va koʻnikmalarga taalluqli boʻlmaydi. Malaka, koʻnikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon boʻladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat boʻlib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon boʻladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi boʻlishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi boʻlishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa koʻpgina sharoitlar boʻlishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq soʻnib ketishi mumkin.
  • Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon boʻladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan faoliyatlardagina namoyon boʻladi. oʻquvchida ham zaruriy koʻnikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yoʻqligiga asoslanib, jiddiy tekshirib koʻrilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yoʻq, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi boʻladi.

Masalan, Albert Eynshteyn oʻrta maktabda uncha yaxshi oʻqimaydigan oʻquvchi hisoblangan va uning kelajakda genial boʻlishidan hech narsa dalolat bermas edi.

  • Masalan, Albert Eynshteyn oʻrta maktabda uncha yaxshi oʻqimaydigan oʻquvchi hisoblangan va uning kelajakda genial boʻlishidan hech narsa dalolat bermas edi.
  • Qobiliyat bilim va malakalarning oʻzida koʻrinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon boʻladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim boʻlgan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon boʻladi.
  • Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar boʻlishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qoʻyib boʻlmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qoʻyish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yigʻindisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos boʻladi.
  • Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit boʻlib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni oʻzlashtirish, shuningdek, kasbiy koʻnikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar koʻnikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qoʻlga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson koʻp narsaga erisha olmaydi. qobiliyat koʻnikmada roʻyobga chiqadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling