Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bogʻliq deb hisoblaydi. Modomiki, ishchilarning bolalari ulgʻayadigan ogʻir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham oʻz ota-onalarining rivojlanishi darajasidan oʻtib keta olmaydilar deydi u. - Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bogʻliq deb hisoblaydi. Modomiki, ishchilarning bolalari ulgʻayadigan ogʻir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham oʻz ota-onalarining rivojlanishi darajasidan oʻtib keta olmaydilar deydi u.
- Koʻzga koʻringan rus psixologi S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevning konsepsiyasiga norozilik bildirdi. Uning fikricha tugʻma iste’dod nishonalari bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
- Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini inkor qilib boʻlmasligini koʻrsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega.
- Shuning uchun zehn nishonalari boʻlgan kishi noqulay sharoitda ham zehn nishonalari boʻlmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan yuksak qobiliyat koʻrsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar yaxshi yoki yomonligidan qat’iy nazar, bir xil ijtimoiy sharoitda boʻlganlarida ularning qobiliyati va rivojlanishi paytida ba’zan keskin farqlar kuzatiladi.
Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha toʻgʻri pozisiyada turadilar. Ya’ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud boʻlganda faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot oʻzining butun xilma xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi. - Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha toʻgʻri pozisiyada turadilar. Ya’ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud boʻlganda faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot oʻzining butun xilma xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi.
- Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tugʻma anatomik xususiyatlari bilan, birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Bu xususiyatlar in’ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi.
- Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki tabiiy xususiyatlardir. Shuni aytib oʻtish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda aytgandek, psixologik xususiyat har taraflama ahamiyatga ega boʻlib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan faollik, vazminlik, in’ikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz qobiliyatning tashkil topishiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |