Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit, toʻla va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni boʻlib-boʻlib qabul qiladilar va shuning bilan goʻyo uni


Download 1.41 Mb.
bet25/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit, toʻla va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni boʻlib-boʻlib qabul qiladilar va shuning bilan goʻyo uni jonsizlantiradilar.

  • Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit, toʻla va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni boʻlib-boʻlib qabul qiladilar va shuning bilan goʻyo uni jonsizlantiradilar.
  • Ikkinchidan, badiiy tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun boʻladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu badiiy qobiliyat boʻlib birinchi signal tizimiga tegishlidir. Fikrlovchi tipda esa aql nazariy boʻlib, u soʻz bilan bogʻliqdir.
  • Uchinchidan, badiiy tip yuksak emosionallik bilan ajralib turadi, chunki birinchi signal tizimi I.P.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emosional fondni tashkil qiluvchi miya qobiqi bilan yaqin bogʻliqdir. badiiy tip hayajonli, muqarrar, emosional tipdir degan edi I.P.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emosional fon va birinchi signal tizimi zaif boʻlsada, lekin u sogʻlom va soddadil odam boʻladi.
  • Koʻpchilik olimlar vunderkindlar jismonan zaif deb biladilar. Lekin bu xulosa notoʻgʻri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa soq. Buni isbotlash uchun 20-yillarda amerikalik psixologlar tomonidan tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bu tadqiqotga A.Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 15000 oʻquvchilarni oʻgʻil bola va qizlarni saralab oldilar. Ular umumiy aqlan rivojlangan, oʻziga xos xususiyatli 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar edi. Saralash jarayoni test natijalari va oʻqituvchilarning tavsifnomasi asosida oʻtkaziladi. Soʻng bu oʻquvchilar 10 yil mobaynida tadqiq etiladilar. Bu oʻquvchilar boshqalarga nisbatan sogʻliqlarining farqi yoʻq, ular ham kasal boʻladilar, asablari charchaydi. Lekin baribir ular boshqalarga nisbatan sogʻlom, har tomonlama rivojlangan yetti muchali sogʻ bolalardir.

Rus psixologi A.G.Kovalev oʻz tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va tashxis qilish yoʻllarini tekshirishga muvaffaq boʻlgan. Muallifning ta’riflashicha, qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzi emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning ta’kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyati-kuzatuvchanlik koʻra bilish koʻnikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalyov yordamchi xususiyatlar qatoriga xotirani kiritadi, u faoliyat talablariga muvofiq ravishda oʻziga xos koʻnikishga ega, emosional ya’ni his-tuygʻuga beriluvchanlik xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.

  • Rus psixologi A.G.Kovalev oʻz tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va tashxis qilish yoʻllarini tekshirishga muvaffaq boʻlgan. Muallifning ta’riflashicha, qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzi emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning ta’kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyati-kuzatuvchanlik koʻra bilish koʻnikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalyov yordamchi xususiyatlar qatoriga xotirani kiritadi, u faoliyat talablariga muvofiq ravishda oʻziga xos koʻnikishga ega, emosional ya’ni his-tuygʻuga beriluvchanlik xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling