5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja
Download 247.5 Kb.
|
5.Ontologiya – Borliq falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Borliq va uning shakllari.
- Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bo‘lgan mavjudlikdir.
5-MAVZU: ONTOLOGIYA-BORLIQ FALSAFASI. Reja: Borliq va uning shakllari. Materiya kategoriyasi. Harakat tushunchasi. Fazo va vaqt borliqning mavjud bo‘lish tamoyillari. Tayanch so‘z va iboralar: borliq, mavjudlik, ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy borliq, tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, sotsial borliq, materiya, borliqning atributlari, harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong, o‘zgarish, harakatning turlari, rivojlanish, fazo, vaqt, substansial va relyatsion yondashuvlar, fazo va vaqtning xususiyatlari, olam, hayot, noosfera. Borliq va uning shakllari. Faylasuflar qadim zamonlardan beri «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishdi. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyat va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishdi. Borliq nima, degan savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan, biroq unga barchani birday qanoatlantiradigan javob hanuz topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar nazarida, borliq – moddiylik, moddiy jismlarni qamrab oluvchi ob’ektiv reallikdir. Unda inson tafakkuri, o‘y-xayollari borliq tushunchasidan tashqaridami, degan savolga, ular ob’ektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotiga oid bo‘limi – ontologiya deb ataladi (ilk bor X.Volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini shu soha o‘rganadi. Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, mangulik bilan bir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo‘ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bo‘lgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni esa hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Borliq haqidagi konsepsiyalar. Markaziy Osiyo zaminida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, borliq quyosh va olovning hosilasi. Har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi, borliqqa mavjudlik baxsh etadi. Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi. Uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi. Demokrit fikricha, borliq atomlar majmuasidan iborat. Borliqning mohiyati uning mavjudligida. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir. Yevropalik olimlar David Yum va Jorj Berkli, borliqni sezgilarimiz majmuasi. Gegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo‘lishi deb ta’riflaydi. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling