5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja


Download 247.5 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1564240
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5.Ontologiya – Borliq falsafasi

Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo‘ladi: 1) jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y bersa-da, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o‘zgarmay qolaveradi. Masalan, notirik tabiatga mansub Quyoshdagi ravojlanishni olaylik. Olimlar taxminicha, hozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega Quyosh borib-borib soviydi, qizil gigantga aylanadi, markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach, ichki zichligi pasayib, markazdagi tortishish quvvati susayadi. Oqibatda u shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o‘z ichiga olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, asta-sekin sovib, qizil karlik, so‘ng «qora karlik», keyin neytron yulduzga aylanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida borliqning tashkiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi darajasi saqlanadi. 2) Jonli tabiatning vujudga kelishi, o‘simlik va hayvonot olamining paydo bo‘lishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vujudga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa shakllari (mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik va ijtimoiy) ham o‘rganiladi.
Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog‘lash kerak, deb hisoblashadi. Ammo aksariyat fanlar harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabat va holatlarni aks ettiradi. Masalan, geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o‘rganadi? Kibernetika ham tabiat, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o‘rganadi.
Harakat shakllarini turlash bo‘yicha tabiiy-ilmiy konsepsiyaga ko‘ra: fizik (elementar zarracha, maydon va atomlar harakati), ximiyaviy (atom va molekulalar harakati). Harakatning rivojlanishi ikki yo‘nalishga ajraladi: 1) harakat rivojlanishining yuqori yo‘nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi yo‘nalishida esa geologik harakat shakllanadi. Biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.
Boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga muvofiq uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda – elementar zarrachalar va maydon harakati, tirik tabiatda – hayotning namoyon bo‘lishi, jamiyatda – odam faoliyati.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling