5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja


Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy


Download 247.5 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1564240
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5.Ontologiya – Borliq falsafasi

Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Ollohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi7. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bog‘liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini bayon etganlar.
Yangi davrda borliq masalasi. Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
Borliqning kategoriyalari materiya o‘ziga barcha jism, hodisa, jarayon, tafakkur, olamda mavjud aloqadorlik va munosabatlar hamda ularning xususiyatlarini qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni izlash substansiyani aniqlash yo‘lidir. Boshqa yo‘l – moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish elementlarini» – substratni qidirish. Uchinchisi – hamma narsani vujudga keltiruvchi bosh sababchi yoki ota modda, ya’ni pramateriyani axtarish yo‘li.
Bu mulohazalar materiya haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsur, atom, pramateriyaga nisbatan umumiyroq, barcha moddiy ob’ektlar, butun ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya faqat fikrning maxsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi.
XX asrning o‘rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob’ektiv olam hakidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Olamning klassik mexanika nuqtai nazaridan nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar to‘g‘risidagi ilmiy manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tug‘dirdi. Marksist-faylasuflar bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (turli asbob, qurilmalar vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo‘shimcha kiritishdi. Ular nazdida, materiya ob’ektiv reallik, ya’ni inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelik yoki butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Ob’ektiv reallikning mavjudligi qay namoyon bo‘lishi borliqning ajralmas xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so‘zi bilan ataladi.
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z asosiga ega, ya’ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta portlash nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling