5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja


Download 247.5 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1564240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5.Ontologiya – Borliq falsafasi

Borliqning atributlari muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlaridir. Ular: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar.
Harakat tushunchasi. Harakat borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Farazan qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bo‘lmaganida edi, yorug‘lik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan, ya’ni biz uni ko‘rmagan bo‘lar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan molekula, atom, elementar zarrachalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham bo‘lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bo‘lar edi. Tevarak-atrofimizdagi predmet-hodisalar harakat tufayli o‘z muayyan tartibi va birligini saqlab turadi; o‘sish, ulg‘ayish, ravnaq topish, rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi.
Harakat, moddiy jismlar va ularni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, ulardagi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi. Harakat umuman har qanday o‘zgarishdir. Demak, har qanday harakatning manbai shu sistemadagi ichki o‘zaro ta’sirlar ekan.
Harakatning turlari o‘zgarishlarning xususiyatiga asoslangan. O‘zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan to murakkab ijtimoiy o‘zgarishlargacha takomillashib borgan. Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o‘zgarishlar bilan ijtimoiy o‘zgarishlarni aslo taqqoslab bo‘lmaydi. Masalan, Yerning Quyosh atrofidagi, Oyning Yer atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko‘rinishi deyishimiz mumkin. Lekin Yer bag‘rida ro‘y berayotgan murakkab geologik jarayonlar, Yer sirtidagi biosferaning yashash usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab bo‘lmaydi. Harakatning shakli qanchalik murakkab bo‘lsa, u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar ham shu qadar murakkab bo‘ladi. Materiyaning tashkiliy struktura darajasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, unda fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi.
Har bir jism molekulalardan, molekulalar esa atom va elementar zarrachalardan tashkil topgan. Shu jihatdan jismda uning sifati va turg‘unligini saqlagan holda beto‘xtov ro‘y beradigan ichki o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Lekin bu o‘zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shuningdek, har bir jism o‘z atrofidagi boshqa jismlar va ulardan tarqalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Ichki va tashqi ta’sirlar oqibatida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar asta-sekin to‘planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o‘zgarishning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Jismning sifatini o‘zgartiruvchi harakat rivojlanish deb ataladi. Rivojlanish – muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilama yo‘nalishga ega, miqdoriy va sifatiy o‘zgarishidir.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling