O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Falsafa»
Download 143.14 Kb.
|
Falsafa Z.I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:Inibidinov Z Qabul qildi:Raxmonov A Reja Dialektika tushunchasi , mohiyati va uning muqobillari.
- Immanuil Kant
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «Falsafa » FANI Sirtqi ta’lim SBIA-87 guruh Mustaqil ish Mavzu:Dialektik tafakkur va uning moxiyati.Dialektika muqobillari Bajardi:Inibidinov Z Qabul qildi:Raxmonov A Reja Dialektika tushunchasi, mohiyati va uning muqobillari. DIALEKTIKA Dialektikaning muqobillari . 1) Dialektika tushunchasi, mohiyati va uning Dialektika tushunchasi, mohiyati va uning muqobillari. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Dialektika falsafa tarixida dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara, muhokamalardagi qarama-qarshi, zid fikrlar to‘qnashuvi va shu asosda haqiqatni aniqlash ma’nosini bildirgan. Antik davr mutafakkirlari ma’lumotlariga ko‘ra, munozara ishtirokchilari bir-birlariga muqobil savollar berib, masalaga har xil nuqtai nazarlardan yondashib, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy voqea-hodisalar to‘g‘risida ta’limotlarini ishlab chiqqanlar. Shuning uchun ular nazdida, dialektika o‘zaro bahslashuv san’ati, munozara asosida haqiqatga erishish usuli. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish o‘rta asrlar, hatto Uyg‘onish davrida ham davom etganini Per Abelyarning «Ha va yo‘q», G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» nomli asarlari tasdiqlaydi. asarlari tasdiqlaydi. Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, qarama-qarshi nuqtai nazarlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuliga aylandi. Inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik mohiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat inson tafakkuriga xos bo‘lmay, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalarga ham xos, deb qarala boshladi. Natijada, «dialektika» tushunchasi odamni, olamni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosida qo‘llana boshladi. Biroq dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib yetish juda qiyinlik bilan kechdi. Negaki kishilar uzoq vaqt kosmos, o‘simlik, hayvonot dunyosi, hatto odamzotning o‘zini o‘zgarmas, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunoniston faylasuflari falsafiy ta’limotlarida ilgari surildi. Garchi ular hali ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa-da, borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davri uchun ilg‘or fikrlarni bildirdilar. Amaliyot va kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar narsa-hodisalarda ham o‘zgaruvchan, ham barqaror, o‘zgarmas xossalarning mavjudligini anglay boshladilar. Xullas, bunday qarashlar insoniyat ongida uzoq asrlar davomida to‘plana borib, falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqdi.Ular tabiat va jamiyatda juda ko‘p davriy, takrorlanuvchi hodisalar borligina anglab yetganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o‘rin almashishi... Lekin rivojlanishni butunlay yangi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan yangining jiddiy paydo bo‘lishi, deb tushunishda Uyg‘onish davri Sharq mutafakkirlari, o‘rta asr xristian din va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar oldinga ketdilar. Rivojlanish g‘oyasini yaxlit olam rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim qadamni ilk bor fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘ydi. Uningcha, Xudo dunyoni yaratayotib, dastlabki turtkini bergan va uni harakatga keltirgan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy qayta qurishdan iborat tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari surishdi. Ularning izdoshi Kondorse jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Bu mutafakkirlar qarashlariga ko‘ra, ahloq, din, huquq kabi g‘oyaviy omillar jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir. Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlar sintezi – yaxlit taraqqiyot nazariyasi nemis klassik falsafasi asoschilari qarashlarida paydo bo‘ldi. Ulardan biri Immanuil Kant rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va yulduzlar dunyosini izohlashga hamda insonning ijtimoiy rivojlanishi, xususan, uning ahloqiy rivojlanishiga joriy etishga urindi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini xalqlar tarixi va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etdi. Endi dialektika tushunchasi rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshladi. Dialektikani mazmunan boy ta’limot sifatida birinchi marta Gegel ishlab chiqdi. U tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni uzluksiz o‘zgarib, qayta tuzilib, taraqqiy qilib turadigan bir butun jarayon shaklida tavsifladi va taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. Gegel dialektikaning barcha kategoriya va qonunlarini ta’riflab berdi. Lekin Gegel dialektikasi mistiklashtirilgan, bir tomonlama edi. Keyingi davrlar fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi narsa-hodisalarning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «o‘z harakati» tarzida qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot sifatida maydonga chiqdi. Ayni ma’nodagi dialektika ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga xos ta’limot. U ob’ektiv va sub’ektiv dialektikadan tarkib topadi. Moddiy dunyodagi narsa-hodisalar aloqadorlik va bog‘lanishi, harakati, o‘zgarish va rivojlanishi ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson miyasidagi in’ikosiga xos bilish jarayoni dialektikasi – sub’ektiv dialektika. Demak, ob’ektiv dialektika – narsa, buyumlar dialektikasi; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson ongi(tafakkuri)dagi in’ikosidir. Ob’ektiv dialektika sub’ektiv dialektikani vujudga keltirishi bilan Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‘ra, tafakkur dialektikasi buyumlar dialektikasini yaratadi. Dialektika borliq(tabiat, jamiyat va inson tafakkuri)dagi aloqadorlik va rivojlanishlarning eng umumiy qonuniyatlari haqida to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariya, usuldir. Ilmiy asoslangan dialektika kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Dialektika bilishning umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash – barcha narsa-hodisalar, inson bilishini o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi, eskining o‘rnini yangi egallashi, xullas, «o‘z harakati», o‘zgarib va rivojlanib turishi, paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi. Dialektik tafakkur inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xos: borliqdagi narsa-hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida xuddi shunday muayyan fikr shaklida aks etishidir. Dialektik tafakkur tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyatiga ko‘ra sofistik, eklektik va metafizik-dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi. Ular dialektik tafakkur usulining muqobillari bo‘lib, har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. Download 143.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling