Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan boʻlib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon boʻladi


Download 1.41 Mb.
bet20/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan boʻlib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon boʻladi.

  • Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan boʻlib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon boʻladi.
  • Oʻquv qobiliyatlari bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol oʻynaydi.
  • Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi gʻoya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon boʻladi.

Qobiliyatlar tarkibi. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar

  • Odam egallaydigan faoliyat uning xususiyatlariga yuksak talablar qoʻyadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat taraqqiyotining juda yuksak darajasida boʻlsa ham qondira olmaydi. Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega boʻlgan psixik sifatlar yigʻindisidan iboratdir. Qobiliyatlar tarkibi aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va har turdagi faoliyatlar uchun turlicha boʻladi. Masalan, matematik qobiliyat, adabiy qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi maxsus tarkibga ega. Aniq qobiliyatlar tarkibini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari orasida ayrimlari yetakchi oʻrinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida yetakchi sifat pedagogik takt, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuksak talabchanlik, bilimlarni berishga ehtiyoj, yordamchi tarzda tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli qobiliyatlarda bir emas, balki bir necha turdagi faoliyat turlari talablariga javob beradigan birmuncha umumiy sifatlarni ajratishimiz mumkin, bundan tashqari, mazkur faoliyatni bir muncha torroq doirasi uchun javob beruvchi maxsus sifatlarni ajratishimiz mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlar borligi, har turli kasblar, mashgʻulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu ikkinchi signallar tizimi haqidagi ta’limot bilan bogʻliqdir.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling