Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Download 1.41 Mb.
bet27/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

A.G.Kovalyovning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining badiiy tipiga tegishli boʻlib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma koʻrinishlaridan uni ajratib turadigan oʻziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab boʻlib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat uchun zarur boʻlgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega, ya’ni oʻtkir kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida koʻrgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish.

  • A.G.Kovalyovning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining badiiy tipiga tegishli boʻlib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma koʻrinishlaridan uni ajratib turadigan oʻziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab boʻlib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat uchun zarur boʻlgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega, ya’ni oʻtkir kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida koʻrgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish.
  • Muallif mulohazasiga koʻra adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati yumshoq koʻngillilik va ta’sirchanlikdir. Ta’sirchanlik deganda idrokning jonliligi va oʻtkirligini emosional iltifotgoʻylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak. Ijod uchun yolgʻiz koʻra bilish qobiliyatining oʻzi kamlik qiladi, koʻrganlarni qayta oʻzgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran bogʻlay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar ayniqsa yaratilayotgan obrazlarni aniq va ravshan koʻz oldiga keltirish qobiliyatida namoyon boʻladi hamda bu adabiyotda koʻpincha ichdan koʻrish qobiliyati deb ataladi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling