Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari


a) b) 4.1-rasm. Presslarning sxemalari


Download 1.57 Mb.
bet2/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1264675
1   2   3   4   5   6   7
a) b)

4.1-rasm. Presslarning sxemalari:
agidravlik,
b – vintli uzatish (privodi) bilan;
1 – stanina; 2 – ustunlar (stoyki);
3 – traversa;
4, 5 – plitalar; 6 – porshen;
7 – kuch o’lchovchi qurilmalar;
8 – nasos; 9 – elektr ­dvigateli;
10 – vint; 11 – reduktor;
12 – ilonchakli uzatma (chervyachnaya peredacha)

Presslarning kuch o’lchovchi qurilmasi 7 namunaga ta’sir qiladigan kuchni o’lchash uchun mo’ljallangan. Kuch o’lchagichlar konstruksiyasiga qarab richag-mayatnikli, prujinali (torsionli) va gidrostatikli bo’lishi mumkin. Richag-mayatnikli kuch o’lchagichlarda (4.2,a-rasm) moy bosimi richag yelkasiga 6 mayatnik 5 yordamida (tenglashishdan) chetga chiqish holatidan tenglashtiriladi (posangisi to’g’rilanadi). Mayatnik o’lchanadigan kuchni ko’rsatadigan shkala 4 mili ko’rsatgichi bilan biriktirilgan. Har xil presslarning bunday kuch o’lchagichlarining konstruksiyalarida bir necha richaglar tizimidan foydalaniladi, natijada, mayatnik tenglashtiradigan kuch o’n va, xatto, yuz marotaba kamayadi.


Prujinali va torsionli kuch o’lchagichlarda porshendagi moy bosimi biron-bir elastik element (prujina yoki torsion) bilan tenglashtiriladi. Prujinali kuch o’lchagichda (4.2,b-rasm) gidrotsilindr porsheni 2 moy bosimi ostida shtokni 1 bosadi va boshqa yelkasida prujina 9 o’rnatilgan richagni siljitadi. Richagning aylanishida prujina cho’ziladi va unga qo’yilgan kuchni tenglashtiradi, bunda prujinaning cho’zilishi bu kuchga to’g’ri mutanosibdir. Prujinaning yuqori uchi bilan birgalikda tishli reyka 7 bilan biriktirilgan tortgich (tyaga) 8 siljiydi. Reyka shesternani va u bilan bir o’qda o’rnatilgan ko’rsatgich milini 3 buraydi. Prujinali kuch o’lchagichlarning kamchiligi vaqt o’tishi bilan prujinaning elastik tavsiflarini o’zgarishi – kuchni o’lchash aniqligining o’zgarishidir.





Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling