Tempirament va uning nazariyalari
Download 247.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqTempirament va uning nazariyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun tashakkur!
45%
57% 85% Buning uchun quyidagi belgilarni hisobga olish zarur. 1.Temperament xususiyatlari faqat bir turdagi emas, balki har xil va turli maqsadlardagi faoliyat turlarida, mehnatda, o’yinda, sportda, o’quv mashg’ulotlari jarayonida namoyon bo’ladi. 2. Temperament xususiyatlari odam hayotining butun davomida yoki ma’lum qismida barqaror va o’zgarmasdir. 3. Temperament xususiyatlari bir-biri bilan tasodifiy emas, balki qonuniy bog’langan bo’lib ma’lum tuzilishni tashkil qiladi. Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460—356yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi. Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatidan turlicha bo’lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir. 01 02 03 04 Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha — chole), qon (lotincha — sangus), (qora o’t - grekcha melanchole) va balg’am (grekcha — plegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati — quruqlikdir. Uning ishi — organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir Qonning xususiyati — issiqlikdir Uning ishi organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati — namlikdir Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir Balg’am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to’rt xildagi suyuqlikdan biri ko’proq bo’lib, ustun turadi. Bu aralashma (lotincha — temperamentum)lardan qaysi biri ustun bo’lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har xil bo’ladilar Xoleriklarda sariq o’t ustun; sangviniklarda — qon; melanxoliklarda qora o’t; flegmatiklarda esa balg’am (shilimshiq modda) ustun bo’ladi, deb ko’rsatadi. Gippokratning mana shu to’rt xil moddalar aralashmasi to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so’zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda. Jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ham o’zining ruhiy jarayonlar haqidagi izlanishlarida «mijoz» masalasiga alohida e’tibor berdi. U buyuk grek olimi Gippokratning temperament haqidagi ta’limotini chuqur o’rgandi «mijoz» haqidagi ta’limotini ishlab chiqdi. Ibn Sino «mijoz» organizmning ruhiy va jismoniy barqarorligini ko’rsatadigan ta’sirlarga javobidir deb ko’rsatdi. XX asrning 30—40 yillariga kelib temperament va uning nerv fiziologik asoslari haqidagi ta’limot rus fiziologi I. P. Pavlov tomonidan ishlab chiqildi. Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I. P. Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi I. P. Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi. Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko’p miqdorda bo’lib, kuchsiz tipda ozdir. Nerv sistemasining kuchi qo’zg’alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo’zg’ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko’rinadi. 01 03 02 04 Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga bo’linadi: xolerik sangvinik melanxolik flegmatik Xolerik temperament — hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar. Bu xil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha faol qatnashadilar. 01 03 02 04 Sangvinik temperament — hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bir xayoldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’ladilar. Foydalanilgan adabiyotlar: https://fayllar.org/temperament-haqida-tushuncha-temperament-nazariyalari-reja.html https://speakfreely.ru/uz/state-and-law/teorii-temperamenta-gumoralnye-konstitucionalnye-psihologicheskaya-harakteristika-temperamentov/ https://hozir.org/referat-psixologiya-fanidan-mavzu--temperament-va-uning-tiplar.html E’tiboringiz uchun tashakkur! Download 247.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling