Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher reja
Download 34.51 Kb.
|
Temur tig
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalik davri.
Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher REJA: Bolalik davri Yigitlik yillari Shoir ijodi Hayotning so’nggi yillari Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho'qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik „ko'p va xo'b" (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko'p va yaxshi yozolgani yo'q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o'zini ,.Xitodin to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy „qavm"larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirdi — „yakqalam" qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi. Navoiy yashagan davrda Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo'lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiy nufuzini turk xalqlari tashkil etganligi ma'lum. Zahiriddin Bobur Navoiy asarlarining tili „Andijon shevasi bila rost" (to'g'ri)ligini aytadi. Bolalik davri. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'g'li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha „Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. „Nizomiddin" — din-diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „Mir" — amir demakdir. Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma'lum emas. Alisherning bobosi Temurning o'g'li Umarshayx bilan emikdosh (ko'kaldosh) bo’lgan ekan. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o'sdi. Kichiklik chog'idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo'ldi. Uch- to'rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning kattalar ham anglashi mushkul bir baytini yod aytib mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so'ng esa, uni maktabga berdilar. U bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi. 1447- yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar orasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo'lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo'l oladi. Yo'lda, Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma"ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451 - yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir karvon Yazd cho'li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduz jazirama bo'lganidan kechasi yurilganini, tungi yurishlardan birida Alisher mingan otining egaridan tushib qolganini, uyqu zo'rlik qilib, uyg'onmaganini, bir mo'ljalga yetib kelibgina bo’lajak shoirning yo'qolib qolganini bilishganini, qidirishib, bolani topib olishganini yozadi. 1452- yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o'tiradi, notinchliklar bosiladi. G'iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o'qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she'riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo'lajak shoir Sa'diy Sheroziyning „Guliston", „Bo'ston" asarlarini, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr" (Qush nutqi) dostonini so'ngsiz ishtiyoq bilan o'qidi. Qushlar xayoli Alisherni odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan qilib qo'ydi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushdilar. Bo'lajak daho yoshlik chog'idan Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning asarlarini sevib o'qiydi. 1453- yilda Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Awal Sabzavorda, so'ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do'st — Husayn va Alisher yana birga bo'ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o'qish va ilm egallash yillari bo'ldi. U yetti-sakkiz yoshida she'r yozgani ma'lum. Bu she'rlar shoirning aytishicha, „turk alfozi bila" bitilgan. U forscha she'rlar ham yozdi. Turkiy she'rlariga „Navoiy", forschasiga „Foniy" taxallusini qo'ydi. „Navo"ning bir ma'nosi — kuy, ohang, yana biri — bahr . Dard, g'amni ham „Navo" deganlar. ,,Foniy" esa o'tib ketuvchi, yo'q bo'luvchi, vaqtincha degani. Navoiy o'n besh yoshlarida o'z she'rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, she'rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o'z davrining dongdor shoiri mavlono Lutfiy huzurida o'zining: Orazin yopqoch, ko'zimdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz nihon boig'och quyosh matla'si bilan boshlanadigan g'azalini o'qiydi. She'rdan hayratga tushgan keksa shoir shunday deydi: „Valloh, agar muyassar bo'lsa edi, o'zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o'n-o'n ikki ming baytimni shu g'azalga almashtirardim va buni o'zimning yutug'im deb hisoblar edim". Bu turkiy she'riyatga buyuk iste'dod kirib kelayotganidan nishona edi. Download 34.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling