Temurbeklar maktabi


Download 18.07 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi18.07 Kb.
#1026433
Bog'liq
Annotatsiya


Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi fizika fani o’qituvchisi Nematov Inomjon Luqmon o’g’lining “Quyosh va yer osti issiqlik energiyalaridan foydalanib qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish qurilmasini samaradorligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish mavzusidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini
ANNOTATSIYASI
O’zbekistonni iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga intensiv o’tishi, agro sanoat tarmoqlarida, xususan meva uzum va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritishda energetik resurslarni tejashda muvofiqlashtirilgan qurilmasini kompleks zamonaviy texnologiyalarini qo’llash bilan samaradorligini takomillashtirish muammolari ularni ilmiy-amaliy asoslarini yaratish bilan yechiladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini (mevalar, uzum, qovun va boshqalar) mavjud quyosh quritgichlarida quritish jarayoni radiatsion-konvektiv usulda faqat kun davomida amalga oshadi. Shuning uchun bunday qurilmalardan sutka davomida quritishda havo temperaturasi. namlik rejimi issiqlik-massa almashinuv jarayonlari, quritish kinetikasi tezligi yetarli normada bo’lmasligi o’tilgan. Shuningdek qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish jarayoni sutka davomida mukammal o’rganilmaganligi ilmiy farazlar va nazariy tadqiqotlar tahlilida aniqlandi.
Qish va bahor oylarida mavjud quyosh quritgichlaridan samarali foydalanilmaydi.
Issiqlik akkumulyatorli quyosh va yer osti issiqlik energiyalaridan samarali takomillashtirilgan texnologiyadan foydalanganda quritgich sutka va yil davomida samarali ishlatilishi mumkin bo’lgan qurilma bo’lib, qish va bahor faslida parnik sifatida ko’chatlar, pomidor bodring yetishtiriladi. Yoz va kuz faslida esa qishloq xo’jalik mahsulotlar radiatsion-konvektiv va soyagi uzum konvektivusulda mo’tadil issiqlik-namlik almashinuvi jarayonida intensive quritish kinetikasi va tezligi tizimi asosida sifatli quritib olinishi natijasida iqtisodiy samaradorligi 1,5-2 marta yuqori bo’lib sarf xarajatlar bir sezonda qoplanadi. Qurilma konstruksiyasi bog’dorchilik bilan shug’ullanuvchi fermer, tadbirkorlik va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladigan markazlarga mo’ljallangan bo’lib mahsulot quritish jarayonida energiya resurslari sarflanmaydi. Radiatsion-konvektiv usulda quritish kamerasida ikki tomoni valik podshevnikli kamerani harakatga keltirish va konvektiv usulda quritish kamerasida havo harorati tezligini boshqarish uchun ko’p konturli avtomatik nazorat qurilmasi va yoritish lampalariga 4 kVt quvvatli quyosh panelidan foydalaniladi. Issiqlik akkumulyator sifatida yer osti issiqlik va yassi devor suvli baklardan iborat sig’imli idish radiatsion quritish kamerasiga joylashtiriladi. Bu issiqlik akkumulyatorlar akkumulyatorlar radiatsion quritish kamerasida ortiqcha issiqlikni
nur yutish va konvektiv issiqlik almashinuv taʼsirida oʼzida toʼplaydi va tunda tabiiy yoki majburiy tizim asosida issiqlik uzatish yoʼli bilan mahsulot quritish kameralariga uzatiladi.
Natijada qurilmada mahsulotlar radiatsion- konvektiv va konvektiv usulda davriy sutkalik quritish rejimli moʼtadillashadi va quritish tezligi, kinetikasi ikki marta ortadi. Issiqlik akkumulyatorli quyosh va yer osti hamda yassi devor suvli bakdan issiqlik uzatilishi quyosh quritgichida sabzavotlar va dorivor oʼsimliklarni quritish jarayonidagi quyosh radiatsiyasi, havo temperaturasi, namligi, issiqlik massa almashinuv issiqlik fizikaviy issiqlikni akkumulyatsiyalanishi tizimi va energoresurs tejamkorlik doirasida tadqiqotlar olib borilishi, tayyorlanadigan quritilgan maxsulotlarni sifatli va samaradorlik kriteriyasini yuqorili bilan quyilgan muammolarni nazariy eksperimental asosida yechilishi dolzarbdir.
Mahsulot quritishda akkumulyatorini teplofizik xarakteristikasini va issiqlik massa almashinuv jarayonlarini matematik modellashtirish nazariy-analitik va sonli metodlar bilan tadqiq etiladi. Eksperimental tadqiqotlardan olingan natijalar taqqoslanib mahsulotni vaqt birligida nam saqlash rejimini temperatura oʼzgarishi
bilan bogʼliq Jd diagramma ishlab chiqiladi.
Shuningdek qurilmaning issiqlik balansini ishlab chiqishda tenglamalar sistemasi yechiladi, suvli bak sistemali issiqlik akkumulyatorlaridan samarali foydalanish natijasida mahsulot quritish jarayoni sutka davomida uzluksiz bajarilishida ilm-fan va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni eng yangi yutuqlari va tajriba natijalaridan samarali foydalanish tizimi yaratilib, mahsulotni sifatli quritish normativlarga muvofiq natijalar ishlab chiqiladi va potentlashtiriladi, ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
Tadqiqotlar o’tkazish uchun Qarshi tumaniga qarashli akademik M.Mirzayev nomidagi bog’dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi hududida ishchi maydoni 100 m2 , mahsulot quritishga mo’ljallangan sakkiz qatorli stelajlarni yuzasi 2400 m2 bo’lgan quritish qurilmasi davlat granti dasturi doirasida qurilib tajribalar 2023-2025 yillarda o’tkaziladi.
Download 18.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling