Temuriylar davri falsafasi
Download 18.09 Kb.
|
Temuriylar davri falsafasi
Temuriylar davri falsafasi Amir Temur ham o‘z davrining yetuk mutafakkirlari: Toybodiy, Shamsiddin Kulolnio'ziga ustoz deb bilgan, har qanday murakkab muammolarni haetishda ularning maslahatlariga amal qilgan. U hatto vafotidan oldino‘z piri-ustozi Mir Sayyid Barakaning oyoq tomoniga dafn etishnvasiyat qilgan. Sohibqiron davlatni boshqarishda ustozi Abu BakrToybodiyning maslahati bilan quyidagi to‘rt qoidaga amal qilgan:1) kengash; 2) mashvarat-u maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlikva hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Temuriy shahzodalar ham o‘z faoliyatida Naqshbandiya tariqatigamansub bo'lgan mashhur soTiylar ta’limoti, yo‘l-yo‘riqlariga amalqilganlar. XV asrning taniqli mutafakkiri Xo‘ja Ahror Valiy ko‘plabtemuriyzodalarga ustoz bo‘lgan. Unga hurmat shu qadar kuchlibo'lganki. Xo‘ja Ahror Samarqandga kelganda, temuriy shahzodalaruning otini jilovidan ushlab, piyoda yetaklab yurganlar.Aksincha, podshohlarning faylasuflardan uzoqlashuvi jamiyatni tanazzulga, davlatni parokandalikka olib kelgan. Masalan,Husayn Boyqaroning Navoiydek yetuk mutafakkir allomanisaroyidan Astrobodga badarg'a qilib, atrofini uzoqni ko‘ra olmaydigan, xushomadgo'y, mansabparastlar bilan o'rab olishi, davlatinqirozining asosiy sabablaridan biri bo'lgan. Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U yer yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Amir Temurning hayoti, uning faaliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalolat beradiki, yurtboshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka ko’tarish uchun ko’rashgan o’lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi, haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’yib yurishi, bugungi kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda .Ulug‘bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o‘sha zamon ilmiy qarashlari shakllanishida katta o‘rin tutdi. Boshqa mamlakatlardan astronomiya bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni taklif qilgan Ulug‘bek, o‘z atrofiga iste'dodli olimlarni to‘pladi. Eronning Koshon shahridan yirik riyozidon va astronom bo‘lgan G‘iyosuddin Jamshid al-Koshiy (vaf. 1430) taklif qilingan edi. O‘nli kasrni kashfiyoti al-Koshiyga mansubdir. Chunonchi, undan keyingina, XVI asrdan boshlab, Ovrupo riyozidonlari asarlarida o‘nli kasr qo‘llanila boshladi. Ulug‘bek o‘ldirilgandan keyin uning ishini shogirdlari davom ettirdilar. Ulardan eng mashhuri - mashhur riyozidon va astronom Ali Qushchi (1403-1474) edi. Uning asosiy asari – «Astronomiya haqida risola» edi. Ali Qushchi ob'ektiv dunyoning mavjudligiga, moddiy Ashe va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning soddadan murakkabga o‘tib turishligiga ishonar edi. Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo’qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o’rnatishda, ishlar bilan shug’ullanmaslik, harom-harish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayxlari bo’lmish Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo’lib, sohibqiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan. Temuriylardan Shohrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, Shohizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go’ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429 yili esa Ulug’bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga etdi. Xirotda ham ko’plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo’lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456-1535) va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Hamsa», Sa’diyning «Bo’ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan. XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko’p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogika,mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o’sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olg’a surildi. Download 18.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling