Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi


Download 257.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana22.06.2023
Hajmi257.78 Kb.
#1649708
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadbqiqotlarda

 
 


30 
XULOSA 
Mazkur kurs ishda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid mustaqillik yillarida 
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, yozma manbalar nashrlari, tarjimalari 
tarixshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq va tahlil etildi. Ta‟kidlash joizki, mazkur 
yillarda O‟zbekistonda, qisqa muddat ichida, Amir Temur saltanati tarixiga oid 
yozma manbalarning bir qismi ilmiy muomalaga kiritilgan va salmoqli tadqiqotlar 
amalga oshirilgan. Sovet tarixshunosligida esa o„z davrining xos mafkuraviy 
yondashuviga qaramay, ma‟lum ishlar amalga oshirilgan. Xususan, B.V. Lunin, 
I.M. Mo„minov, A.O‟rinboyev, R. Mukminova, D. Yusupova, P. Zohidov, N. 
Norqulov, O‟. Alimov kabi olimlarning mustaqillikkacha bo„lgan davrda ham 
temurshunoslikning rivojiga tamal toshini qo„yganliklarini ta‟kidlash zarur va 
ularning ilmiy tadqiqotlarini tom ma‟noda mustaqillik davrida Amir Temur saltanati 
tarixini yoritishda, temurshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlarni 
rivojlanishida manbaviy asos bo„lib xizmat qildi, deb aytish mumkin. Zero, aynan 
ular mustaqillik yillarida chop etilgan yirik fundamental nashrlarda Amir Temur 
hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e‟tirof etish zarur. 
Mustaqillik yillari tarixshunosligida Amir Temurning davlatchilik faoliyatini 
dolzarb mavzu darajasiga olib chiqishda, birinchi navbatda O‟zbekiston Prezidenti 
I.A. Karimovning asarlari, nutq va ma‟ruzalari muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Zero, 
ular Amir Temur hayoti va faoliyatini yoritishda uslubiy asos bo„lib xizmat qildi va 
mavzuni yangi mazmunda o„rganishga imkon yaratdi. 1996 yili Sohibqiron 
tavalludining 660 yilligining xalqaro miqyosda nishonlanishi esa yangi tadqiqotlar 
uchun keng imkoniyatlarni yaratdi. Izchil munosabatning shakllangani tufayli, fanda 
sovet davrida Amir Temur shaxsiga nisbatan hukm surgan salbiy xulosa barham 
topib, mavzu yangi chizgilar bilan yoritildi. Hozirda Amir Temur tarixini har 
tomonlama o„rganish va tadqiq qilish borasidagi tarixchilar oldiga qo„yilgan 
vazifalarning hal etilib borayotganini ko„rsatishimiz mumkin. Muqaddimada o‘rta 


31 
asrlarda tarixchilar o‘rtasida hukm surgan an’anaga ko‘ra, islomiyatdan avval o‘tgan 
payg‘ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va 
uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk mo‘g‘ul qabilalari va Chingizxon tarixi 
bayon etilgan. Birinchi qism Ulug‘ yurt, ya’ni Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoy 
tarixi, O‘gadayxon (1227-1241 yy.), Chingizxonning uchinchi o‘g‘li davridan to 
Ariq Bug‘o avlodi O‘rdoy qoon zamonigacha yuz bergan voqealarni o‘z ichiga oladi. 
Ikkinchi qismda Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda tarixi, Jo‘jixondan davridan to 
Shohruhning zamondoshi bo‘lmish Muhammadxon zamonigacha, XIII-XV asrning 
birinchi choragi tarixi bayon etilgan.Uchinchi qismda Elxoniylar, ya’ni Eron hamda 
Ozarbayjonning XIII-XIV asrlardagi tarixidan baxs yuritiladi. To‘rtinchi qismda 
Chig‘atoy ulusining, Koshg‘ar, Yettisur, Movarounnahr, Shimoliy Afg‘oniston 
hududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham aytish kerakki, 
muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor xon ustida qisqa va 
alohida-alohida to‘xtalib, ularning davrida sodir bo‘lgan voqealardan eng 
muhimlarini yuayon etgan. ‘Tarixi arba’ ulus’ asarining ayrim qismlari, xususan 
uning to‘rtinchi qismi, ko‘p jihatdan Sharafuddin Ali Yazdiyning ‘Muqaddimayi 
Zafarnoma’siga o‘xshab ketadi. Lekin Ulug‘bek asari birmuncha mukammaldir. 
Bundan tashqari, unda to‘rt ulus o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ‘o‘zbek’ 
etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. 
Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning to‘rt mo‘tabar qo‘lyozmasi 
yuizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va 
to‘rtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha 
tarjimasi 1838 yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O‘zbekcha tarjimasi 
B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar bajarilib, 1994 yili Toshkentda chop 
etildi. ‘Tarixi arba’ ulus’ Markaziy Osiyo, O‘zbekiston va Qozog‘istonning XIII-
XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig‘atoy ulusi tarixini o‘rganishda muhim 
manbalardan biri vazifasini o‘tashi mumkin. 


32 

Download 257.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling