Temuriylar tarixi davlat muzeyi


Download 1.27 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1355239
Bog'liq
amir temur.doc2










Agar dushmaning bosh urib poyinga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat



TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI


1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.


Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat.
Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.
Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.
Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy kotibi, tarix fanlari nomzodi Dilafro‘z Qurbonovaning aytishicha, dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir. 2013-yilning sentabr oyida davlatimiz rahbari hamrohligida muzeyni tomosha qilgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bu yerdan ajoyib taassurotlar olganini alohida ta’kidladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling