Temurnoma” asarining antroposentrik xususiyatlari asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti magistranti Annotatsiya
Download 83 Kb.
|
Asqarova Manzura NamDUdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
- Keywords
- Ключевые слова
- Tarag`ay Bahodir
“TEMURNOMA” ASARINING ANTROPOSENTRIK XUSUSIYATLARI Asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada tarixiy asar "Temurnoma" ning ilmiy-badiiy qimmati, antroposentrik xususiyatlari,konsept termini, asarda shaxs konsepti va shaxs semalarining mavzuviy guruhlarga tasniflanishi yoritilgan. Kalit so'zlar: Konsept, antroposentrik xususiyatlar, leksema, sema, mavzuviy guruh, giponim, giperonim, mazmuniy maydon, shaxs konsepti. Annotation: In this article enlightened the scientific and artistic value of the historical work of "Temurnoma", and it's antroposentric features, the term of concept, the concept of personality in the work and the classification of personality semantics into thematic groups. Keywords: Concept, antroposentric features, lexeme, sema, thematic group, hyponym, hyperonym, semantic field, concept of personality. Аннотация: В данной статье описывается научная и художественная ценность исторического произведения «Темурнома», антопоцентризм, понятие термина, понятие личности в работе и классификация семантики личности по тематическим группам. Ключевые слова: концепт, антропосентической теория,лексема, сема, тематическая группа, гипоним, гипероним, семантическое поле, концепт личности. Amir Temur ozbek davlatchiligi tarixida siyosat va manaviyat uygunligiga erishgan noyob shaxslardan biri hisoblanadi. Bunday uygunlikni tarixda kamdan-kam saltanat sultonlarida kuzatish mumkin.Amir Temurning hayoti, siyosiy va jangovor faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoblar salmoqli[1, 17]. Shulardan biri Mullo Salohiddin eshon qalamiga mansub Temurnoma (Jangnomai Amir Temur ko`ragan) asaridir. Salohiddin Toshkandiy Temurnomani bitar ekan, o`zi tasvirlamoqchi bo`lgan shaxsga hurmat bilan yondashadi. Albatta, bu bejiz emas. Muallif Amir Temurning xalqi oldidagi xizmatini bosqinchi xonlarni Samarqanddin ixroj qilishdadeb tushunadi. Ana shu g`oya keyingi dostonlarda o`ttiz besh yillik kurashi orqali badiiy jonlantiriladi. Shuningdek, asardagi barcha shaxs, voqea-hodisalar markazida yagona shaxs Amir Temur turadi. Salohiddin Toshkandiy "Temurnoma" asari bilan ancha ilgariroq antroposentrik nazariya mohiyatini tushunib, asar g'oyasida namoyon eta olgan mohir adib sifatida ahamiyatlidir. XXI asrning dastlabki yillaridan ozbek tilshunosligida antropotsentrik paradigma asosida bajarilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Bu ishlar, asosan, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvistik pragmatika, psixolingvistika yonalishlarida amalga oshirildi. Olib borilgan tadqiqotlar, garchi ularda aynan antropotsentrik paradigmaga munosabat bildirilmagan bolsa-da, ozida ushbu paradigma tamoyillarini aks ettirgan dastlabki ishlar hisoblanadi.Jumladan, S.M.Mominovning Ozbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida ozbeklarning oziga xos muloqot xulqi ijtimoiy-lisoniy nuqtai nazardan tadqiq etilgan.[2,47]Ozbek tilshunosligida matn antropotsentrik paradigma asosida tahlil etilgan dastlabki ishlarda shaxsni markazga qo'yish tushunchasi emas, balki uning atrofidagi yondosh nazariyalar xususida fikrlar yuritilgan. Malumki, dunyo tilshunosligida matnga dastlab, asosan, semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendentsiyasi kuchaydi. Unga faqat semantik-sintaktik jihatdan boglangan gaplar yigindisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bolgan muloqot shakli, ozida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. Takidlash lozimki, ozbek tilshunosligida matnning lingvopoetik, pragmatik, derivatsion, kommunikativ xususiyatlariga bagishlangan muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Lekin ozbek tilida yaratilgan matnlar shu vaqtga qadar antropotsentrik aspektda yaxlit holda tadqiq qilingan emas. Taniqli rus tilshunosi Y.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bagishlangan maqolalar toplamiga yozgan sozboshisida «Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» [3, 3-8] degan fikrni alohida takidlagan edi. Darhaqiqat, til va shaxs munosabatlarini yoritib berishda eng muhim manba bu matndir. Zero, u tilning barcha sathlarini mujassam etuvchi nutqiy tuzilma bolishi bilan birga, sozlovchi (yozuvchi) shaxsining lisoniy salohiyatini ozida toliq namoyon etuvchi hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Kognitiv tilshunoslikda eng faol qollanuvchi va turli tariflarga ega bolgan termin konsept hisoblanadi. Uning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi ozaro farqlanadi.[4,35-47]Mazkur termin tilshunoslikda otgan asrning 80-yillarigacha tushuncha soziga sinonim sifatida ishlatilgan bolsa,[5, 380] uning hozirgi vaqtdagi izohi tushuncha terminiga nisbatan kengroq mano kasb etganini korish mumkin. Jumladan, N.Y.Shvedova konsept bu tushuncha ekanligi, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, oz tarixiy ildizlariga ega bolgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini qayd etadi.[7,603] Prof. N.Mahmudov oz maqolalaridan birida konsept termini eng kop definitsiyaga ega bolgan termin ekanligini takidlab, shunday yozadi: Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta etibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yonalish nihoyatda keng tarqalganini korish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanogiga yetish ham mushkul. Hatto songgi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda kontseptning lingvokulturologik tadqiqiga bagishlangan”. Rus tilshunosi L.V.Adonina konsept terminiga bagishlangan maqolasida bu terminning taniqli tilshunoslar tomonidan qayd etilgan 12 ta tarifini keltiradi. Shuningdek, uning malumotiga kora, konsept termini on nuqtai nazardan tasnif qilingan. Masalan, kontsept standartlashishiga kora universal, etnik, guruhga oid va shaxsiy kontseptlarga; qollanishiga kora ilmiy, badiiy, maishiy kontseptlarga; ifodalanishiga kora leksik-frazeologik, grammatik, sintaktik va matniy kontseptlarga bolinadi va h.k. Biz oz tadqiqotimizda kontseptga Y.N.Shvedova tomonidan berilgan tarifni asos sifatida tanlaganmiz. Konsept termini borasidagi fikrlar ozbek tilshunoslari N.Mahmudov, Sh. Safarov hamda A.E.Mamatov tomonidan batafsil izohlangan. Shu boisdan biz kontsept haqidagi oz qarashlarimiz bilan cheklanishni maqul hisoblaymiz. Fikrimizcha, kontsept, darhaqiqat, mental tuzilma. Lekin u kop qirrali va kop qatlamli tuzilmadir. Shuningdek, konsept bir vaqtning ozida psixologik, kognitiv-semantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, konseptning kognitiv, psixolingvistik va lingvokulturologik tadqiqotlar obekti sifatida tavsiflanayotgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, biz kontseptning subektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy konseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholaymiz. Zotan, til tizimining ozi yuqoridagi sifatlarni ozida jamuljam etgan nihoyatda serqirra hodisalardan biri hisoblanadi. Leksemalarni semantik jihatdan mazmuniy maydonlarga tasniflashda ma’no qirralari inobatga olinadi. Ushbu maydon o’z atrofida yana kichik maydonchalarni hosil qiladi: shaxs, o’simlik, hayvon, tog’, adir, jangovar nomlarni anglatuvchi lug’aviy semalar, diniy tushunchani bildiruvchi lug'aviy birliklar kabi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, mazmuniy maydon asosini leksemalar va ularning semalari tashkil etadi. Masalan, “Temurnoma” asarida 500 dan oshiq shaxs nomlari keltirilgan [1,30]. Birgina shaxs leksemasi atrofiga bir necha semalarni birlashtirgan holda yangi mazmuniy maydonlarni hosil qilish mumkin:Asar markazida Amir Temur, ya'ni yagona shaxs, atrofida esa qon-qarindoshlar, amir rafiqalari, kanizaklari, farzandlari, quroldosh-do'stlari,lashkar askarlari, ayg'oqchilar, elchilar, dushmanlar va hok. Demak, “shaxs” leksemasi atrofida (asarda keltirilgan shaxs nomlariga asoslangan) yuqoridagi mazmuniy maydonchalar yuzaga keldi. Mazkur semalar shaxs arxisemasiga nisbatan “maydoncha”, biroq o’z ichida yana mavzuviy guruhlarga ajralganda har biri makro maydon vazifasini bajaradi. Masalan, Alqissa, Tarag`ay Bahodir nokli Qorayur nuyondin edi. [1,43] Qozonxon andog` zolim erdiki, kishini talab qilsa, avval xotin va bolalariga vasiyat qilib, keyin Qozonxonni oldiga borur erdi. Amir Choku barlosda davlatmand erdi. [1,53]. Ammo Malikshox bahodir ko`p g`ani boy kishi erdi. Har ijnos mollari bor erdi. [1,72]. Chig`atoy odamlari ichida zo`r, andin pahlavon kishi yo`q erdi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo'ldiki, shaxs nomlarini ham antroposentrik tamoyil asosida ham mazmuniy maydon asosida mavzuviy guruhlarga birlashadi. Va o’z navbatida guruhlar guruhchalarga bo’linib, zanjir misoli bog’liqlikda tadqiq etiladi. Leksemalarni bunday yo’sinda tahlil qilinganda giperonim-giponim[6, 23] munosabatlari ham yuzaga chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Салоҳиддин Тошкандий, Темурнома. – Тошкент: “Чўлпон” 1990. 2. Мўминов С.М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол. фан. д-ри ... дис. автореф. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2000. – 47 б. 3. Караулов Ю.Н. Русская языковая личность и задача её изучения // Язык и личность. – М.: Наука, 1989. – С. 3-8. 4. Демьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в научном языке // Вопросы филологии. – Москва, 2001. – №1. – С.35-47. 5.Лингвистический энциклопедический словарь М.,1990,стр: 380 6.Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1996. 7. Шведова Н.Ю. Русский язык. Избранные работы. – М.: Языки славянской культуры, 2005. – С. 603. 8.Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш муаммолари. Тошкент: “фан”,1998. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling