5) some soʻzi ba'zi degan ma'noda hamma turdagi gaplarda, shu jumladan, inkor gaplarda ham qoʻllanishi
mumkin.
Some people don't like flying. (Ba'zi odamlar samolyotda uchishni yoqtirishmaydi.)
6) some + son birikmasida taxminan degan ma'noda ham qoʻllaniladi.
There were some fifty people at the party. (Ziyofatda taxminan 50 tacha odam bor edi.)
some va any soʻzlaridan yasalgan olmoshlarning qoʻllanishi ham yuqoridagi qoidalarga amal qiladi.
some
somebody
someone
something
somewhere
any
anybody
anyone
anything
anywhere
somebody/someone va anybody/anyone olmoshlari insonlar uchun qoʻllaniladi. Darak va soʻroq
gaplarda birov, kimdir, inkor gaplarda hech kim degan ma'nolarda keladi.
I think there is someone at the door. (Menimcha, eshikda birov bor.)
Have you seen anyone who can lift that stone? (Mana shu toshni koʻtara oladigan biror odamni
koʻrganmisan?)
I didn't meet anyone from our school at the party. (Men ziyofatda maktabimizdan hech kimni
uchratmadim.)
Anyone/anybody olmoshlari xohlagan odam ma'nosida darak gaplarda qoʻllaniladi.
The test was very easy. Anyone could have passed. (Test juda oson edi. Xohlagan odam undan oʻta
olardi.)
Yuqoridagi gumon olmoshlari birlikdagi fe'l va koʻplikdagi III shaxs olmoshi bilan qoʻllaniladi.
Someone has left their bag. (Birov oʻzining sumkasini qoldirib ketibdi.)
If anyone wants to leave, they can.
Kelajakdagi noma'lum vaqtni bildiradigan sometime soʻzidan sometimes ba'zan soʻzini farqlash lozim.
I hope to meet you sometime in June. (Men iyunda siz bilan uchrashishni umid qilaman.)
He sometimes goes to the library. (U ba'zan kutubxonaga boradi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |