Adjectives and Adverbs
Ingliz tilida sifat soʻz turkumi ham oʻzbek tilidagi sifatlar kabi predmetning belgisini bildirib keladi.
Claire has got a new car.
Claire's car is new.
Sifatlar otlar oldidan kelib ularning belgisini bildirib keladi, gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.
I can see a tall man and a short man in the distance.
Ingliz tilida sifatlar ba'zi fe'llardan keyin predmetning belgisini bildirib kela oladi. Sifat bilan qoʻllaniladigan
fe'llar linking verb (bog'lovchi fe'l) deb aytiladi. Bu fe'llarga quyidagilar kiradi:
appear be
become feel
get/grow look
seem
smell stay
taste sound
remain
This coffee tastes good. (=The coffee is good.)
I am tired and I am getting hungry. (=I am hungry.)
Your friend seems very nice. (=Your friend is nice.)
Eslatma: Yuqoridagi misollardan bilib olsak boʻladiki, bog'lama fe'llar predmetning belgisini bildirib
kelganda, holat fe'li sifatida qoʻllaniladi va mazmunan to be fe'li ma'nosini beradi.
This coffee tastes good = This coffee is good.
Yuqoridagi yulduzchali fe'llar harakat fe'li sifatida qoʻllanilganda esa, ravish (adverb) bilan qoʻllanishi
lozim. Qiyoslash uchun misollar:
Tom looked sad. (Tom g'amgin edi...sifat qoʻllanilgan.)
Tom looked at me sadly.(Tom menga g'amgin qaradi...ravish qoʻllanilgan.)
The food tasted awful. (Ovqatning ta'mi yomon edi...sifat qoʻllanilgan.)
Ann tasted the food carefully. (Anna ehtiyotkorlik bilan ovqatni tatib koʻrdi...ravish qoʻllanilgan.)
The man appeared drunk. (Kishi mast koʻrindi...sifat qoʻllanilgan.)
The waiter appeared suddenly. (Ofitsiant toʻsatdan paydo boʻldi...ravish qoʻllanilgan.)
Ingliz tilidagi faqat bir oʻrinda qoʻllaniladigan sifatlar mavjud . Uning bu xususiyatlari lug'atda izoh sifatida
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |