Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/183
Sana22.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1378878
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183
Bog'liq
Hamdam Atajanov

Fe'lning noaniq shakllari
G
ERUNDIY VA UNING QO
ʻ
LLANISHI
Ingliz tilida gerundiy (gerund) - bu fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilgan fe'l shaklidir. Fe'lga -ing qoʻshimchasi
qoʻshilganda, u endi ot (noun) sifatida qoʻllanila boshlaydi. Masalan, to smoke -chekmoq fe'lidan gerundiy
hosil qilamiz: to smoke (fe'l)- smoking (gerundiy).

Smoking is bad for you. (Chekish siz uchun zararli)
Gerundiyni oʻzbek tilida harakat nomi sifatida tushunish mumkin. Gerundiy gapda ega, toʻldiruvchi va
boshqa gap boʻlaklari sifatida qoʻllanishi mumkin.
Gerundiy qoʻllanishi mumkin boʻlgan holatlar:
1. Gapda ega yoki kesim sifatida keladi:

Smoking is bad for you.

Seeing is believing.
2. Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (enjoy/like/suggest/can't stand+gerund…):

Do you enjoy cooking?

I can't stand being told what to do.
3. Predlogdan (koʻmakchidan) keyin qoʻllaniladi:

She is very good at listening to people.

Why did you take my bike without asking?

He improved his English by reading books in the original.
4. Ba'zibir ibora va birikmalardan keyin (it is no use/it is no good/it's worth/be busy/have
difficulty/have fun…+gerund)

It's no use worrying about it. There is nothing you can do.

You should go and see the film. It's really worth seeing.

When I saw Tom, he was busy washing his car.

I had difficulty finding a place to live.
5. How about/what about…? birikmalaridan keyin taklif kiritish uchun:

How about going out for a meal tonight?

What about me(my) coming to see you tomorrow?
Gerundiy ham aslida fe'l boʻlgani uchun uning boʻlishsiz shaklini hosil qilish mumkin. Bunday hollarda
gerundiy oldidan not soʻzi qoʻllaniladi. Boʻlishsiz shakldagi gerundiy oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi
bilan tarjima qilinadi.

It's nice not being at work. (Ishda boʻlmaslik yaxshi)

When I am on holiday, I enjoy not having to get up early. (Ta'tildaligimda erta turish shart
emasligidan zavqlanaman.)
Agar gerundiy bilan ifodalangan ish-harakat tugallangan yoki ancha oldin sodir boʻlganligi koʻrsatmoqchi
boʻlsak, Perfect Gerund -having+past participle(V

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling