BOTANIKA fanidan test savollari
Teofrast o‘simliklarni qanday guruhlarga ajratdi:
*Daraxtchil va o‘tchil o‘simliklar
Tuban o‘simliklar, yuksak o‘simliklar
Bir yilik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklar
Daraxtlar, butalar, chalabutalar, o‘tlar
Sezalpin «O‘simliklar to‘g‘risida» (1583 y) asarida necha tur o‘simliklarni ta’rifladi:
*1500 tur
2500 tur
500 tur
5000 tur
|
K.Linneyning sistemasi o‘simlikning qaysi belgisiga qarab tuzilgin va qanday nomlanadi:
*Gulda changchilarning miqdori va joylashuv tartibiga, sun’iy
Gul va meva tuzilishiga tabiiy
Faqat mevasining tuzilishiga sun’iy
Gul tuzilishiga sun’iy
Binar nomenklatura nima va uni fanga kim kiritgan:
*O‘simlik turini qo‘shalok nom bilan atash, K.Linney
O‘simlik turini bir nom bilan atash, K.Linney
O‘simlik nomini bir nom bilan atash, J.B.Lamark
O‘simlik turini qo‘shalok nom bilan atash, Ch.Darvin
Tabiiy sistemaning asoschilari:
*A.Jyuse, B.Jyuse
K.Linney, J.B.Lamark
Ch.Darvin
K.Linney, A.Jyuse
Filogenetik sistemaning eng ko‘p tarqalgan varianti muallifi:
*A.Engler
R.Vettshteyn
Gofmeykter
N.A.Bush
MDH mamlakatlari hududida necha tur yuksak o‘simliklar o‘sadi:
*20 mingdan ko‘proq
50 ming
30 ming
40 ming
|
Quruqlikda yashay boshlagan o‘simliklarda vegetativ a’zolarning paydo bo‘lish tartibi:
*Ildiz, poya, barg
Barg, ildiz, poya
Ildiz, barg, poya
Barg poyali tuzilish, ildiz
Yuksak o‘simliklarning yashash muhiti:
*Quruqlik, sernam joylar, suv
Suv
Quruqlik
Sernam joylar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |