ISLOM BANKI QONUNLARI VA ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI (2 SOAT MA’RUZA, 2 SOAT AMALIYOT, 2 SOAT MUSTAQIL TA’LIM) KATTA O”QITUVCHI A.VASIYEV - TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Mavzuning rejasi: - Mavzuning rejasi:
- 1. Islom huquqi manbalari va Islom bank qonunchiligi evolyutsiyasi
- 2. Shariat tushunchasi va Shariatning manbalari
- 3. Bank tizimiga bag’ishlangan maxsus shariat qonunchiligi.
- Mavzuga oid taynch tushunchalar (glossariy)
- Mavzuga oid adabiyotlar
1. ISLOM HUQUQI MANBALARI VA ISLOM BANK QONUNCHILIGI EVOLYUTSIYASI - Butun dunyodagi islomiy banklar ikki shakldagi qonunga, ya’ni islomiy va pozitiv qonunlarga bo‘ysunishga majburdirlar.
-
- Islomiy banklar tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan islomiy qonunlar shariat huquqlari nomi bilan mashhurdir. Boshqa tomondan, pozitiv huquqlar – banklar o‘z faoliyatini olib boradigan mamlakatlar hukumati tomonidan o‘rnatilgan me’yor va qoidalardir.
-
- Shariatning bosh maqsadi – inson hayotini yaxshilik asosida qurish va yomonliklardan tozalashdir.
-
- Shariat huquqi to‘rt manbadan kelib chiqadi :
- 1. Qur’on
- 2. Hadis
- 3. Ijmo
- 4. Qiyos.
- 1950 - 1960-yillar:
- • Islomiy olim va iqtisodchilar islomiy bank va moliya tizimi andozalarini taqdim eta boshladilar.
- • Qo‘shaloq muzoraba konsepsiyasi islomiy banking vositasi sifatida taklif etildi.
- • Islomiy moliyalashtirish tamoyillari qo‘llana boshlandi.
- 1970-1980 - yillar:
- • Lizing, muzoraba, foyda va zararlarni taqsimlash kabi masalalar qamrab olindi.
- • An’anaviy banklar “islomiy oyna”lar vositasida islomiy mahsulotlar taqdim eta boshladilar.
- • IHT qoshida Fiqh akademiyasi va boshqa Fiqh kengashlari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |