Теория вероятностей и математическая статистика
Download 12,17 Kb.
|
Polimorfizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- С da polimorfizm. Bu nima
- Bevosita dasturlash jarayoniga otamiz.
С# da polimorfizmС# da polimorfizm. Bu nima?Oldingi darslarda obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD)ning vorislik tamoyillarini o'rgangan edik, endi OYDning yana bir tamoyili bo’lmish polimorfizm bilan tanishamiz.Polimorfizm atamasining o'zi "ko'p shakllar" deb tarjima qilinishi mumkin. Oddiy so'zlar bilan aytganda, polimorfizm – bu bir xil turdagi harakatlarni turlicha amalga oshirishdir. Polimorfizmni qisqacha tushuntirib beradigan klassik ibora - "Bitta interfeysni ko'plab amalga oshirish, bajarish, ishga tushirish". Hayotdan misollar keltirsak. Avtomobillarni ruli bor. Ushbu rul avtomobilni chapga, o’ngga, to’g’riga yo’naltiruvchi haydovchi va transport vositasi o'rtasidagi interfeysdir. Har xil avtoulovlarda rulning mexanik harakati turlicha bo'lishi mumkin, ammo natija bir xil - rul o'ng tomonga burilsa - moshina o'ng tomonga buriladi va aksincha bo’lishi mumkin.С# da polimorfizm. Bu nima?Yana bir misol. Klaviatura - bu foydalanuvchi va kompyuter o'rtasida kompyuterga ma’lumot kiritish interfeysi hisoblanadi. Turli xil klaviaturalarda bir xil tugmacha bosilganda, natija bir xil bo'ladi, lekin aslida turli kompyuterlarning tugmachasi turlicha bo’lganligi sababli uni bosish ham har xil bo'lishi mumkin.Bevosita dasturlash jarayoniga o'tamiz.Polimorfizmni dasturlash nuqtai nazardan o’rganishda yana bir nechta tushunchalarni bilish talab etiladi: virtual / abstrakt metod, metodni qayta aniqlash.С# da polimorfizm. Bu nima?Virtual metod – bu voris sinfda qayta aniqlanishi mumkin bo'lgan metod. Bunday metod bazaviy sinfda aniqlanishi va amalga oshirilishi mumkin.Abstrakt metod – bu voris sinfda aniqlanishi va amalga oshirilishi shart bo'lgan metod. Shu bilan birga, abstract metod, virtual metoddan farqli o'laroq, bazaviy sinfda (tanasi bo'sh) amalga oshirilishi (realizatsiya qilish) mumkin emas.Download 12,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling