Sinf uchun uning bazaviy sinflarini (ajdodlari) va sinfning turli xil xususiyat (atribut) larini belgilaydigan bir qator shart bo’lmagan atributlar va xususiyatlarni belgilash mumkin: [atributlar ] [spetsifikatorlar ] class sinf_nomi [ : ajdodlari ] {sinf_tanasi} Sinf qayerda aniqlanadi ? Sinf nomlar fazosi ichida, nomlar fazosi tashqarisida, boshqa sinf ichida aniqlanishi mumkin. Odatda, sinflar alohida fayllarga joylashtiriladi. Ammo biz yangi sinfni Program sinfi joylashgan faylga joylashtiramiz. Ya'ni, Program.cs fayli quyidagicha ko'rinishga ega bo’ladi: Sinflar Asosiy tushunchalar using System; { { } { static void Main(string[] args) { } } } Sinflar Asosiy tushunchalar Sinfning barcha funktsional imkoniyatlari uning a'zolari - maydonlar (sinf o'zgaruvchilari uning maydonlari deyiladi), xususiyatlari, metodlari, hodisalari bilan ifodalanadi. Masalan, Shaxs sinfidagi maydonlarni va metodni aniqlaylik: using System; namespace HelloApp { class Shaxs { public string name; // ismi int age = 18; // yoshi public void GetInfo() { Console.WriteLine($"Ismi: { name} Yoshi: { age} "); } } class Program { static void Main(string[] args) } } Sinflar Asosiy tushunchalar Bu holda Shaxs sinfi insonni anglatadi. name maydoni uning ismni, age maydoni esa odamning yoshini bildiradi. GetInfo metodi esa barcha ma'lumotlarni konsolga chiqaradi. Shaxs sinfidan tashqarida barcha ma'lumotlarni ko’rish uchun o'zgaruvchilar va metodlar public modifikatori bilan aniqlanadi. Maydonlarga sinf ichida boshlang'ich qiymatlar berilishi mumkin, yuqoridagi misolda, age maydoniga 18 qiymati berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |