Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet13/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Parvarishi. Kasallik avj olgan davrda bemorga qat’iy yotoq rejimi buyuriladi, bemorning kiyimlari, choyshablari tez-tez almashtirib turiladi, mo‘l-ko‘l suyuqliklar ichiriladi, bemor yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qilishi, u yotgan xona tez-tez shamollatib turilishi kerak. O‘rinda uzoq yotgan bemorlarda yotoq yaralarning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Bu kasallik ko‘pincha isitma va et junjikishi bilan o‘tadi. Bu holda bemorni isitish, yon-atrofiga isitgich (grelka) lar qo‘yib chiqish, qaynoq, achchiq shirin choy ichirish kerak. Tana harorati ancha ko‘tarilganda muzli xaltacha qo‘yish mumkin. Haroratning pasayishi aksari ko‘p ter ajralishi bilan o‘tadi. Bunday hollarda hamshira bemor badanini quruq sochiq bilan artishi, ich kiyimini alishtirishi va bir daqiqa ham ho‘l ich kiyimda bo‘lmasligini kuzatib borishi lozim.
Krupoz zotiljam, ya’ni zotiljam kasalligi o‘pkaning butun bo‘lagi yoki ayrim segmentlariga yoyiluvchi o‘tkir o‘pka yallig‘lanishidir.
etiologiyasi: pnevmokokklar, stafilokokklar, streptokokklar, vi-
ruslar qo‘zg‘atadi. Krupoz zotiljamning paydo bo‘lishida odamlarning sovqotishi, kasb-koridagi zararli omillarining ta’sir qilishi, infeksiyaga organizm qarshiligining susayib ketishi, pnevmokokklarga tabiiy immunitetning pasayib ketishi katta rol o‘ynaydi.
Klinikasi va kechishi: Kasallik qattiq qaltirash bilan birdan boshlanadi, qaltirash tana temperaturasining 39–40°C gacha ko‘tarilishi bilan birga davom etadi, so‘ngra isitma doimiy yoki to‘lqinsimon xarakterga kiradi. Tez orada zararlangan tomondagi yonboshda og‘riq paydo bo‘ladi. Yo‘tal mahalida og‘riq zo‘rayadi, yo‘tal avvaliga quruq, keyinchalik zangsimon, ya’ni qon aralash balg‘am kela boshlaydi. Bemor o‘rnida chalqancha yoki kasal yonboshini bosib yotadi. Davo qilishga kirishilmaydigan bo‘lsa, u holda temperatura 7–12 kun mobaynida ko‘tarilib turadi, keyin esa yo bir necha soat davomida kritik tarzda, yo bo‘lmasa bir necha kun mobaynida litik tarzda pasayadi. Bemorda quvvatsizlik, bosh og‘rig‘i qayd qilinadi.
Ko‘zdan kechirilganda lunjlari qizarib, lablari, burnining ko‘karib turganini, hansirayotgani qayd qilinadi, ko‘pincha lablari, bo‘yni, quloq lariga uchuq toshib ketadi.
Kasal tomon nafasda orqada qoladi. Kasal tomonda tovush titrashi va bronxofoniya zo‘raygan bo‘ladi.
Perkussiya va auskultatsiya natijalari yallig‘lanish protsessi bosqichlariga bog‘liqdir. Birinchi kunlari perkutor tovush timpanik tusga ega bo‘ladi. Auskultatsiyada susaygan vezikular nafas, keyinchalik esa krepitatsiya paydo bo‘ladi. Krepitatsiya nafas olishning yuqori nuqtasida eshitiladi, kasal yo‘talganidan keyin ro‘yirost bo‘ladi. O‘pka zichlashgan mahalda perkutor tovush rostmana bo‘g‘iqlanib qoladi, bronxial nafas eshitiladi, krepitatsiya esa yo‘qolib ketadi. Bartaraf bo‘lish davrida perkutor bo‘g‘iq tovush kamayib, krepitatsiya, shuningdek nam xirillashlar yana eshitila boshlaydi.
Nafas ekskursiyalari soni minutiga 30–40 taga boradi, nafas yuza bo‘ladi. Puls tezlashadi, yurakda ekstrasistoliya paydo bo‘ladi. Arterial qon bosimi pasayadi.
Qonda: limfopeniya, leykotsitoz, EChT oshgan. Bilirubin miqdori ko‘payadi. Kasallik avjiga chiqqan davrda siydik miqdori kamayadi.
Rentgenologik tekshiruvda avvaliga o‘pka naqshi kuchaygan, 1–2 kundan keyin qoraygan o‘choqlar paydo bo‘ladi. Krizisdan 1–3 hafta o‘tgach rentgenologik o‘zgarishlar batamom yo‘qolib ketadi.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling