Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qon aylanish a’zolari kasalliklaribilan og‘rigan bemorlardahamshiralik parvarishi yurak va qon-tomir tizimining tuzilishi va vazifalari
Profilaktikasi: yiringli kasalliklarni vaqtida aniqlab, ularga qarshi kurashish. Chekishga qarshi kurashish. Organizmni chiniqtirish, sovqotishga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat gigiyenasi qoidalariga amal qilish. Sanatoriylarda dam olishga jo‘natiladi.
hamshiralik parvarishi: Bemorlarga vitaminlarga boy bekam-u ko‘st ovqatlar beriladi. Bitishmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sog‘ayish davrida nafas gimnastikalari buyuriladi. Ertalablari toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi. Ekssudativ plevritda plevra suyuqligining chiqib ketishini osonlashtirish maqsadida koptok, shar shishirish tavsiya etiladi va har kuni ularning sonini oshirib borish tavsiya etiladi. 3. Qon aylanish a’zolari kasalliklaribilan og‘rigan bemorlardahamshiralik parvarishi yurak va qon-tomir tizimining tuzilishi va vazifalari: Qon aylanish a’zolari yurak, tomirlar, aorta, vena, arteriyalar va kapillarlardan tashkil topgan. Yurak qonni harakatlantirib, inson organlari va to‘qimalariga yetkazib berib turadigan organdir. U oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta-katta qon tomirlar bilan fiksatsiyalangan. Sog‘lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg‘a damida tursa, uchi V qovurg‘a oralig‘ida turadi. Yurak massasi 250–300 gr ni tashkil qiladi. Uzunasiga ketgan to‘siq bilan yurak o‘ng va chap nimtaga (yarimga) bo‘linadi. Har bir nimtasi yurak bo‘lmasi bilan yurak qorinchasiga bo‘linadi. Bo‘lma bilan qorinchalar o‘rtasidagi teshiklar (atrioventrikular teshiklar) yordamida bo‘lmachalar qorinchalar bilan tutashib turadi. Yurak 3 ta qavatdan: ichki (endokard), o‘rta (miokard) va tashqi (perikard)qavatidan iborat. Yurakning bir bo‘shliqdan ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularni aytiladi. Chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘rtasidagi klapan ikki tavaqadan tashkil topgan bo‘lib, ikki tavaqali yoki mitral klapan deyiladi. O‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasidagi klapanning uchta tavaqasi bor va u uch tavaqali yoki trikuspidal klapan deyiladi. Chap qorincha bilan aorta o‘rtasidagi aortaning yarim oysimon klapanlari, o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriya o‘rtasida esa o‘pka arteriyasining yarim oysimon klapanlari joylashgandir. Qon aylanish tizimi ikkita doiraga – katta va kichik qon aylanish doirasiga bo‘linadi. Tomirlar tizimining bir qismi, ya’ni o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish joyidan to to‘rtta o‘pka venasining chap bo‘lmasiga quyilish joyigacha bo‘lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar tizimining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kavak venalarigacha bo‘lgan qism katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Tomirlar tizimi bo‘ylab qon bir qancha omillar tufayli, birinchi galda yurakning bir tekis va davriy suratda qisqarib borishi tufayli harakatlanib turadi. Yurakni qisqarishga majbur etadigan impulslar o‘ng bo‘lmada – ustki kovak venaning og‘zi yaqinida joylashgan sinus tugunida vujudga keladi. Yurakning qisqarishi sistola deb, bo‘shashuvi diastola deb yuritiladi. Normada yurak minutiga 60–80 martadan qisqarib turadi. O‘zining qisqarishi uchun yurak impulslarni o‘zi ishlab chiqarib boradi, ya’ni u avtomatizm xususiyatiga egadir. Yurak har safar qisqarganida (bitta sistola vaqtida) normada 50–70 ml qonni otib chiqaradi, bu – sistolik hajmni tashkil etadi. Sistola paytida yelka arteriyasidagi qon bosimi sog‘lom odamda taxminan 110–140 mm sim. ust.ni tashkil qiladi (sistolik yoki maksimal bosim). Diastola mahalida bu bosim pasayib, 70–80 mm sim. ust.ga tushib ketadi (diastolik yoki minimal bosim). Sog‘lom odamning organizmida bo‘ladigan 5–6 l qondan taxminan 1/3 qismi asosiy qon depolarida – jigar, taloq, muskullar, terida turadi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling