Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par varishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) Stenokardiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
- Klinik belgilari.
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par varishiYurak mushaklarni qon bilan ta’minlaydigan toj arteriya larining aterosklerotik o‘zgarishi sababli rivojlanadigan bu kasallik hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Bu kasallikda bir qator boshqa kasalliklar ham uchrab turadi: stenokardiya, miokard infarkti va infarktdan keyingi kardioskleroz shular jumlasidandir. 1) Stenokardiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi. Stenokardiya ko‘krak qisishi (angina pectoris) degan boshqa nom bilan ham ataladi. Etiologiyasi (sabablari): asosan giperxolesterinemiya, gipertoniya, kamharakatlilik, semizlik, qandli diabet, stresslar va irsiy omillarga bog‘liq. Stenokardiya – уurak mushaklarining kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uning qon bilan yetib kelishi orasidagi buzilishidir. Klinik belgilari. Stenokardiyaning asosiy belgisi ko‘krak qafasining chap yarmida va to‘sh orqasida chap kurak, chap qo‘l va bo‘yinga o‘tib turadigan qattiq og‘riqlar tutib qolishidir. Og‘riqlar bir necha sekunddan 20 minutgacha va ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin. Og‘riqlar qisadigan va sanchadigan xarakterga ega. Tasnifi: harakat stenokardiyasi; Ilk paydo bo‘lgan harakat stenokardiyasi; turg‘un stenokardiya; zo‘rayib borayotgan harakat stenokardiyasi; stenokardiyaning alohida turi. Stenokardiyaning har bir turi o‘zining klinik xususiyatiga ega. Harakat stenokardiyasi to‘sh orti sohasidagi og‘riqlar xuruji bilan xarakterlanadi. Og‘riqlar jismoniy va ruhiy emotsional zo‘riqishlardan keyin yuzaga keladi va miokardda metabolik o‘zgarishlarga olib keladi. Kislorodni ko‘p miqdorda talab qilishi natijasida arterial bosimning oshishi, taxikardiya, hansirash kuzatiladi. Og‘riq nitroglitserin yoki tinch holatda tezda o‘tib ketadi. Ilk paydo bo‘lgan harakat stenokardiyasi paydo bo‘lish vaqtidan bir oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt orasida yuzaga chiqadi. Turg‘un stenokardiya bir oydan ko‘p davom etadi, tashxisida bemorlarni jismoniy zo‘riqishlarni ko‘tara olish imkoniyatiga qarab funksional sinflar ko‘rsatiladi: funksional sinf – bemor odatiy jismoniy zo‘riqishlarni ko‘taradi, ste nokardiya xuruji sezilarli va davomiy zo‘riqishlardan keyin yuzaga keladi; funksional sinf – odatiy jismoniy zo‘riqishlar kam miqdorda chegaralangan. Stenokardiya xuruji tekis joyda yurganda yoki 500 metrdan ko‘p yurganda va birinchi qavatga ko‘tarilganda yuzaga keladi; funksional sinf – odatiy jismoniy zo‘riqishlar yaqqol chegaralangan. Stenokardiya xuruji yurish tezlashganda yoki tekis joyda o‘rtacha tempda 100–500 metr yurganda, bir qavatdan ko‘tarilganda yuzaga keladi; funksional sinf – stenokardiya xuruji kuchsiz jismoniy zo‘riqishlarda, 100 metrdan kam bo‘lgan masofaga yurishda yuzaga keladi. Tinch holatdagi stenokardiyaning hamda uyqu vaqtida yuzaga kelish xarakteri miokardning metabolik talabini oshishi bilan xarakterlanadi. Zo‘rayib borayotgan harakat stenokardiyasi bemor uchun odatiy zo‘ riqishga stenokardiya xuruji chastotasining davomiyligini birdaniga o‘sishi bilan xarakterlanadi. Stenokardiyaning alohida turi stenokardiya xurujlarini miokardning metabolik talabini oshiruvchi faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holda toj arteriyalarini spazmi natijasida yuzaga keladi. Bu stenokardiya tinch holatda hamda harakat stenokardiyasi bilan birgalikda yuzaga keladi. Stenokardiya xuruji mahalida bemorni obyektiv tekshirishda taxikardiya qayd etiladi, arterial bosim biroz ko‘tarilgan bo‘ladi. Stenokardiyada yurak tonlari o‘zgarmaydi. EKG da ST kesmasi va T tishchasi salgina pasaygan bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar bemorni jismoniy zo‘riqish qo‘llash bilan tekshirishda ham kuzatiladi (veloergometriya). Bu sinama stenokardiya diagnostikasida, og‘riqlar bo‘lmagan holda juda muhimdir. Laboratoriya tekshiruvlarida xarakterli o‘zgarishlar topilmaydi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling