7-ma’ruza. Alohida turdagi yuklar va yo’lovchilarni poezdlar va turli vagonlarda tashish tannarxini hisoblash reja


Download 161.86 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi161.86 Kb.
#1375013
  1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu


7-MA’RUZA.
ALOHIDA TURDAGI YUKLAR VA YO’LOVCHILARNI POEZDLAR VA TURLI VAGONLARDA TASHISH TANNARXINI HISOBLASH

Reja:
1. Turli xil yuklarni tashish tannarxini aniqlashning uslubiy masalalari
2. yuk tashish tannarxiga tashish masofasining ta’siri
3. Turli xil yuk tashish tannarxini hisoblash tartibi
Tayanch so’z va iboralar:
Yuk turi, vagon turi, poyezd kategoriyasi, vagonning yuk ko’tarish qobiliyati, o’lchov xarajati, boshlang’ich-tugatish operatsiyalari

1. TURLI XIL YUKLARNI TASHISH TANNARXINI ANIQLASHNING USLUBIY MASALALARI


Temir yo’l transportida bir qator muhim tehnik-iqtisodiy muammolarni echish uchun turli yuklarni tashish tannarxini aniqlash zarur.


Bunday muammolarga quyidagilar kiradi: yuklarni alohida turlari bo’yicha taraflar darajasini asoslash; yuk aylanmasi struturasini tashish tannarxiga ta’sirini tahlil qilish; ratsional transport aloqalarini va muvofiq tashish yo’nalishlarining belgilash; ishlab chiqarish kuchlarini ratsional taqsimlash (jumladan qayta ishlab va qazib chiqarish sanoati); yangi temir yo’l liniyalarini qurish bilan bog’liq hisoblar va boshqalar.
Turli yuklarni tashish tannarxi bir-biridan farqlanadi. Tannarxdagi bu farq bir qator omillardan bog’liq, ularndan asosiysi yukning hosiyati va uni tashish uchun foydalaniladigan vagon turlaridir1.
Vagonlarning yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish darajasini aniqlovchi yuklarning solishtirma og’irligi muhim ahamiyatga ega. Vagon yuklamasi vag-km, vag-soat, pozd-km va boshqa asosiy o’lchovlarning xarajatlarini aniqlaydi hamda umumiy xarajatlar miqdoriga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tashish birligiga to’gri keluvchi boshlang’ich va tugatish operatsiayalari bo’yicha xarajatlarni aniqlochi tashish masofasi yuklar turlariga bog’liq.
Tashish tannarxiga vagonlarning turlari ta’sir etadi, buni ularning bo’sh holatda bosib o’tadigan masofasi, (ayniqsa maxsus vagonlar va sisternalar uchun) vagonning tara og’irligi, vagon narxi, ularni ta’mirlash bo’yicha xarajatlar miqdorining turli bo’linishi bilan tushutirish mumkin.
Turli yuklarni tashishda ularning bosib o’tadigan masofasini tannarxga ta’sirini to’g’ri hisobga olish uchun boshlang’ich-tugatish operatsiyalari va harakat bo’yicha xarajatlarini aniq ahratib ko’rsatish lozim.
Transportning ishlab chiqarish jarayoni tashish jarayonini quyidagi asosiy operatsiyalariga taqsimlash mumkin: boshlang’ich va tugatish operatsiyasi, poezdlarni tuzish, qayta tuzish, poezdlar xarajati.
Boshlang’ich va tugatish operatsiyalariga yukni jo’natish uchun qabul qilish va uni mijozga topshirish, yuk tashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, vagonlarni yuk ortish va tushirish uchun uzatish.
Poezdlari tuzish va tarqatish (rasformirovanie) bilan manevr ishi, vagonlari ta’miri va amortizatsiyasi, stantsiya binolar, STSB va aloqa ho’jaligi, DPP va AJ boshqaruv apparati bo’yicha xarajatlar bog’liq bo’ladi.
Poezdlarni harakati bilan vagonlar va poezd lokomotivmotivlarga tehnik hizmat ko’rsatish, ta’mirlash, amotrizatsiya ajratmalari, lokomotivmotiv brigadalarini ta’minlash, poezdlarni tortuvi uchun yoqlg’i va elektr energiya xarajatlari, yo’lning ustki qismi materiallarni almashtirish, joriy saqlash xarajatlari, xarajatlarining asosiy qismi signallashtirish va aloqa ho’jaligiga, elektrifikatsiya va energetika ho’jaligi, hamda xarajatlarning katta qismi DPP va AJ boshqaruv apparatini ta’minlash bo’yicha xarajatlar bog’liq.
Turli yuklarni tashish tannarxini aniqlash vagonlar turlari bo’yicha va tashilayotgan yuk turlari bo’yicha vagonlarning yuk ko’tarish qobiliyati, bosib o’tish masofasi, jo’natmalarni o’rtacha og’irligi, yuk ortish-jo’natish ishlarini mehanizatsiyalash imkoniyati, yuk tashish ommaviyligi, (marshrtuzatsiya darajasiga ta’sir qiladi), vagonning tara og’riligi, vagonlarning bo’sh yurish foizi, ularning ta’mirlash narxi, yuk turlari bo’yicha ishidagi xarajatlar har hilligi.2
Vagon yuklamasiga vagon va lokomotivmotivlar parkiga bo’lgan talab bog’liq bo’ladi; qabul qilish-jo’natish yo’llarining uzunligiga ko’ra poezdning brutto og’irligi chegaralanadi, bu esa bog’liq va shartli-doimiy xarajatlarning o’zgarishiga olib keladi.
Yagona tarif-statistik yuklar nomenklaturasining 262 pozitsiyasi uchun barcha yuklar nomenklaturasi bo‘yicha tarif maqsadlarida tashish tannarxi zarur. U turli texnologik belgilar bo‘yicha: tashish jarayoni operatsiyalari (boshlang‘ich-tugatish, harakat operatsiyalari), poyezd turlari va kategoriyalari (to‘g‘ri, peredatochniy, vivoznoy, terma), jo‘natma turlari (vagonli, mayda), shuningdek vagonlarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish, ularning bo‘sh holatda bosib o‘tgan masofasi, tashish masofasi va boshqa omillarga bog‘liq holda keng ko‘lamda differensiyalanadi. Bundan tushunish mumkinki, tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat hisoblash yo‘li bilan olish mumkin.
Yuk turlari bo‘yicha tashish tannarxi bir qator texnik-iqtisodiy vazifalarni yechish uchun zarur. Birinchi navbatda bu egiluvchan tariflar darajasini belgilash uchun yuk turlari bo‘yicha tannarxdan foydalanishga tegishli, bu esa temir yo‘l transportining iqtisodiy holatiga ta’sir ko‘rsatganidek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham ta’sir etadi.
Rasmiy ravishda hisoblanadigan o‘rtacha yuk tashish tannarxi aniq sharoitlardagi (alohida yuk turlari bo‘yicha) tannarxdan ancha farqlanadi va keng doirada o‘zgarib turadi.
Temir yo‘l transportida mavjud hisob siyosati bevosita buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida aniq sharoitlarda tannarxni aniqlashga imkon bermaydi. Shuning uchun bu vazifani yechish uchun turli xil hisoblash uslublaridan foydalaniladi.
Tariflarni aniqlash uchun tashish tannarxining parametrik modelini tuzish zarur, uning tuzilmasi tarif sxemalarining tuzilmasi bilan mos kelishi kerak. Doimiy parametrlarning tegishli son qiymatlarini birining o‘rniga ikkinchisini qo‘yishda va zarur rentabellikni hisobini chiqarishda bunday model tarif sxemasining formulasiga aylanadi.
Yaxlitlangan xarajatlar stavkasi yordamida tashish tannarxini aniqlash uslubining mohiyati shundan iboratki, to‘liq xarajatlar (ish hajmiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan) tashish jarayonini tavsiflovchi – boshlang‘ich-tugatish va harakat operatsiyalar o‘lchovlariga taqsimlanadi. Qator holatlarda yaxlitlangan xarajatlar stavkasini qo‘llash ba’zi turdagi yuklarni tashishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘langan alohida ish turlari bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblash elementlari bilan qo‘shilib ketadi.
Tashish tannarxini hisoblash algoritmi tarif sxemalariga o‘xshash parametrik tuzilishga ega, va unifikatsiyalashtirilgan ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin:
,
bunda – boshlang‘ich-tugatish operatsiyasi tannarxi (boshlang‘ich-tugatish operatsiyasi uchun agregirlangan xarajat stavkasi), so‘m/vagon;
– harakat operatsiyasi tannarxi (harakat operatsiyasi uchun agregirlangan xarajat stavkasi), so‘m/vagono-km;
–vagon-kilometr va tonna-kilometr uchun harakat operatsiyasi tannarxining parametrlari, so‘m;

Download 161.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling