Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
Tashxisi. Revmatizmni, ayniqsa, birinchi xurujida aniqlash ancha murakkab. Angina, surunkali tonzillit yoki yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishidan 1–3 hafta o‘tgandan so‘ng yoki sovuq qotishdan keyin, yurak va bo‘g‘imlarni shikastlantiradigan kasallik paydo bo‘lsa, revmatizm to‘g‘risida o‘ylash mumkin. Revma tizmning ko‘p belgili bo‘lishini nazarda tutib, uning tashxisini Amerika kardiologlari uyushmasi mukammallashtirgan va u A.I.Nesterov tomonidan to‘ldiril gan, A.A.Kisel mezonlari asosida aniqlanadi.
asosiy mezon. Revmakardit, poliartrit, xoreya, teri osti revmatik tugunchalari, halqasimon eritema, revmatik anamnez tasdig‘i. Qo‘shimcha mezon: a) klinik mezonlari: artralgiya, isitma, tez charchash, adinamiya, terining oqarishi, vazamotor labillik, kapillarlar o‘tkazuvchanligining oshishi, burundan qon ke tishi; b) laboratoriya belgilari: neytrofilli leykotsitoz, disproteine miya, EChT oshishi, S – reaktiv oqsil paydo bo‘lishi; d) asboblar yordamida tekshirgandagi o‘zgarishlar; EKGda atrioventrikul ar o‘tkazuvchanligining sekinlashishi. Revmatik anamnez deganda kasallikning streptokokk infek siyasi bilan bog‘liqligi, atrofdagi, oiladagi streptokokkli muhit (klinikepidemiologik belgilari) tushuniladi. Bemorni 3–5 kun davomida revmatizmga qarshi davolash juda yaxshi natija bersa, tashxisini tasdiqlash deyilib, uni revmatizmning asosiy mezoniga kiritish mumkin. Hozirgi davrda revmatizmning kechishi ancha o‘zgarganligi sababli 1-asosiy va 2–3-qo‘shimcha mezonlar topilishi har doim ham revmatizm tashxisini qo‘yish imkonini beravermaydi. Asosiy mezonlardan xoreya, revmatik tugun, halqasimon eritema ancha kam uchraydigan bo‘lib qoldi. Davolash. Hozirgi davrda revmatizmni davolash uch bosqichda olib boriladi: Kasallikni faol davrida kasalxonada davolash. Kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni poliklinikani kardiorev matologik xonasida davom ettirish. Bemorni ko‘p yillar davomida poliklinikada kasallik qaytalanishi ning oldini olish maqsadida davolash va nazorat qilib borish. Davolash muolajalari quyidagilardan iborat: revmatizmning faol davrida streptokokk infeksiyasini yo‘qotish uchun antibiotiklar, asosan, sefazolin qo‘llaniladi. Davolash ikki hafta davomida olib boriladi. Sulfanilamidlar va tetratsiklin guruhidagi antibiotiklarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki bu dorilar bakteriostatik ta’sir ko‘rsatib, streptokokklarning chidamli turlari paydo bo‘li shiga olib kelishi mumkin. Faol revmatizmni davolashda yallig‘la nishga qarshi har xil nosteroid dorilar ham qo‘llaniladi. Bulardan asetilsalitsilat kislota 1 g dan 3–4 marta (bir kunda 3–4 g) beriladi. Bu dori bemorga foyda bermasa yoki yoqmasa, 0,4 g dan bir kunda 3 marta brufen yoki 0,15 g dan butadion buyuriladi. Qo‘shimcha salbiy ta’siri kamroq bo‘lgan valtoren yoki indo metatsin (0,05 g dan bir kunda 3 marta) ham berilishi mumkin. Bu dorilarni ovqat yoki sut bilan bir vaqtda ichish kerak. Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin asetilsalitsilat kislotani bir kunda 1,5–2 g, brufenni 0,6 g, indometatsin va valtorenni 0,02–0,05 g ichish buyuriladi, bu dorilarni poliklinika shifokori nazorati ostida qabul qilish kerak. Ambulatoriya sharoitida davolanish muddati revmatik jarayonning kechish xususiyatlariga: o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir kechganda 1–2 oyga cho‘zilib va uzluksiz qaytalab kechganda 2–4 oy bo‘lib, laboratoriya ko‘rsatkichlarining asli holiga qaytishiga bog‘liq. Kasallik qaytalashining oldini olish tadbirlari bemorlarga yil bo‘yi har oyda 1500000 TB dan bitsillin-5 qo‘llab, streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish, infeksiya o‘choqlarini davolashni o‘z ichiga oladi. Revmatizm bilan kasallanganlar, albatta, dispanser hisobiga olinadi va kasallik qaytalanganligini o‘z vaqtida aniqlash, uni davolash, yurak illat(porok)lari og‘irlashib borganda jarrohlik usuli bilan davolash zarurligi masalalari hal qilib boriladi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling