Terapiya kafedrasi o’qituvchisi K. Abduraimova “Geriatriya” fanidan tayyorlagan ishchi


Download 0.58 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#224764
Bog'liq
Taqriz


Terapiya kafedrasi o’qituvchisi

K. Abduraimova “Geriatriya” fanidan tayyorlagan ishchi

dasturiga yozilgan
TAQRIZ
Fan dasturi kasb-hunar ta’limi muassasalarini 2020 yilda ishlab chiqilgan na’munaviy dastur asosida tuzildi. Geriatriya fanining ishchi o’quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi ta’lim muassasasining 2020 yil «19» dekabrdagi Pedagogik kengashida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi.

Tibbiyot kollejlarining Feldsherlik ishi kasbi uchun yozilgan dasturning maqsadi har tomonlama yetuk, yuqori malakali Feldsherlik ishi mutaxassisligini tayyorlashga yordam berishdan iboratdir.

Tuzilgan yangi dastur Feldsherlik ishlari kasalliklarning asosiy xususiyatlarini o’rgatishni, kasalxonaga qadar barcha shoshilinch va tez yordam choralarini ko’rsatishni, turli laborator va instrumental tekshiruvlarga kerakli ash’yolarni va bemorlarni tayyorlashni, kasalliklarning oldini olish choralarini, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish, tashxis va davolash bilan bog’liq bo’lgan tibbiy muolajalarni bajarishni o’rgatishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan. Dastur o’z ichiga kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, kasalliklar haqida umumiy tushuncha, bemorlarni tekshirish va davolash usullari va inson ichki kasalliklarining deyarli barchasini o’z ichiga olgan.

Feldsherlik ishi talabalariga kasalliklarning asosiy sabablari, turlari, belgilari, kechishi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, bemor parvarishi, Qariyalarni kuzatish, umumiy holatini baholay olishni va kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda shifokorgacha tez va shoshilinch yordam ko’rsatish choralarini bilishi kerak. Dasturda respublikamizda ko’p uchraydigan kasalliklarga ko’proq etibor qaratildi. Avvalgi dasturlardan farqli ravishda ushbu dasturda amaliy ko’nikmalarni egallash va mustaqil bajarish kerak bo’lgan bilimlar ko’lami batafsil va aniq berildi. Bu esa Geriatriya fani o’qituvchilarining ishini ancha osonlashtiradi va ayniqsa endi ish boshlagan yosh o’qituvchilarga katta yordam beradi.

Geriatriya fani anatomiya, fiziologiya va patologiya, lotin tili va meditsina terminologiyasi. Terapiya, umumiy farmakologiya va retseptura, umumiy mikrobiologiva, hamshiralik ishi, xirurgiya va reanimatsiya, pediatriya, teri-tanosil kasalliklari fanlari bilan chambarchas bog’liq holda o’qitiladi

Nazariy mashg’ulotlar o’quv auditoriyalarida ko’rgazmali qurollar, didaktik visual texnik vositalar, testlar, vaziyatli masalalardan foydalangan holda beriladi. Amaliy mashg’ulotlar kasalxonaga qadar o’quv xonasida, tibbiy muassasalarida amalga oshiriladi. Amaliy mashg'ulotlarda o’quvchilar muolajalarni mustaqil bajarishlari bemorlarni tekshirishlari, kuzatish, parvarish qilishlari, asosan kechiktirib bo’lmaydigan holatlarni tez aniqlab shifokorgacha shoshilinch yordam ko’rsata olishlari lozim.
Har bir kasallikda o’quvchi bilishi va bajara olishi kerak bo’lgan nazariy bilimlar, amaliy malaka va ko’nikmalar hajmi hamshira tavsifnomasi doirasida yanada kengaytirildi.

Amaliy mashg’ulotlarni o’qituvchining nazorati ostida o’quv-uslubiy materiallar, ko’rgazmali qurollar, hamda kerakli jixozlar, zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari yordamida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borish tavsiya etiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling