Teri kasalliklarida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar. Reja
Download 74.67 Kb.
|
teri kasalliklarini davolash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bazal qavat
Teri kasalliklarida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar. Reja: Teri tuzulishi va teri kasalliklari. Teri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorivor o’simliklar. Teri kasalliklarini davolash. Teri inson gavdasini qoplab turuvchi a’zo bo‘lib, u barcha ichki a’zolar bilan chambarchas bog‘liq holda o‘zining qator vazifalarini bajaradi. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi 1,5-2 m2 tashkil qiladi. Tabiiy teshiklar sohasida (og‘iz, burun, siydik chiqarish kanali, anal soha) teri bevosita shilliq qavatlarga o‘tib ketadi. Terining og‘irligi inson vaznining 16-18% ni, teri osti yog‘ qavatisiz esa 5% ni tashkil qiladi. Terining 70% suvdan, 30% esa oqsillar (kollagen, elastin, retikulin), uglevodlar (glyukoza, glikogen, mukopolisaxaridlar), lipidlar, mineral tuzlar (natriy, magniy, kalsiy) va fermentlardan iborat. Terining shakllanishi homilaning birinchi haftalaridanoq, embrionning ikki varag‘idan - ektoderma va mezodermadan boshlanadi. Ektodermadan epidermis shakllanadi, mezodermadan esa derma va gipoderma shakllanadi. Homilaning 7-oyida epidermisning yaltiroq qavatdan boshqa barcha qavatlari, shu jumladan muguz qavati ham ayniqsa kaft va tovonlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida elastik va kollagen tolalar tirnoqlar, sochlar, soch follikulalari shakllangan bo‘ladi. Terining gistologik tuzilishiga qarab uchta qism tafovut qilinadi. 1. Epidermis - terining ustki qismi. 2. Derma - asl teri. 3. Gipoderma - teri osti yog‘ kletchatkasi. Epidermis (Epidermis) ko‘p qavatli muguzlanuvchi (shoxlanuvchi) epiteliylardan tashkil topgan va ular bir-biridan hujayralarning shakli, tuzilishi bilan farq qiladi. Epidermisda quyidagi qavatlar bo‘ladi: 1. Bazal qavat (stratum basale); 2. Tikansimon qavat (stratum Spinosum); 3. Donador qavat (stratum granulosum); 4. Yaltiroq qavat (stratum lucidum); 5. Muguz qavat (stratum corneum). Bazal qavat epidermisning eng ichki qavati bo‘lib, bevosita derma bilan chegaralanadi. Bazal qavat bir qator bo‘lib joylashgan prizma shaklidagi epiteliy hujayralaridan (keratinotsitlar) iborat. Bu hujayralar orasida hujayralararo kanalchalar (tirqishchalar) mavjud. Hujayralarning yuqoriroq qismida dumaloq yoki oval shaklidagi yirik yadro joylashgan. Yadro xromatin donalariga boy bo‘lganligi sababli to‘q rangga bo‘yaladi. Sitoplazmasida ko‘p miqdorda DNK va RNK tutuvchi moddalar, ribosoma va mitoxondriya bor. Download 74.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling